Madridda "Real"ning CHLdagi g'alabasidan so'ng Kurtuaning xotira lavhasi buzib tashlandi
31 may 2022 10:42
Yangiliklar


Madridda "Real"ning CHLdagi g'alabasidan so'ng Kurtuaning xotira lavhasi buzib tashlandi
Nomalum shaxslar "Real" darvozaboni Tibo Kurtuaning "Atletiko" uy stadioni tashqarisida joylashgan xotira lavhasini buzib tashlashdi.
Darvozabon CHempionlar Ligasi-2021/22 finalining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.
Kurtua 2011-2014 yillar davomida "Atletiko"da o'ynagan. "Atletiko" klubda 100dan ortiq o'yin o'tkazgan o'yinchilar sharafiga xotira lavhasini joylashtiradi.
U "matraschilar" safida Ispaniya chempioni, mamlakat kubogi sohibi va Evropa Ligasi g'olibiga aylangan.
Kurtua "Atletiko" bilan 2013/14 yilgi mavsum CHempionlar Ligasi finalida "Real"ga yutqazgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar