M. Pogba "Real"ga o'tdi
28 iyu 2019 15:38
Yangiliklar


M. Pogba "Real"ga o'tdi
Madriddan 200 kilometr uzoqlikdagi Syudad-Real shahrida joylashgan "Machengo Syudad Real" klubi gvineyalik futbolchi Matias Pogbaning transferini elon qildi.
Futbolchi erkin agent sifatida ispan klubi bilan tekinga shartnoma imzoladi. Tomonlarning kelishuvi 2020 yil yozigacha davom etadi.
Matias "Manchester Yunayted" futbolchisi Pol Pogbaning akasi hisoblanadi.
28 yoshli Matias faoliyati davomida "Kimper", "Reksxem", "Kryu Aleksandra", "Peskara", "Krouli Taun", "Partik Tisl", "Sparta" (Rotterdam) va "Tur" kabi jamoalarda harakat qilgan.
Gvineya termasi tarkibida esa 5 o'yinda qatnashgan.
Qayd etish kerak, Pogbaning transfer narxi 150 ming evroni tashkil qiladi.
O’xshash yangiliklar
10:52
"Real" Trentdan so'ng keyingi yil "Liverpul"ning yana bir asosiy himoyachisini tekinga olmoqchi 4

Fikrlar