Lyusen Favr: "Biz uch ochko oldik va endi bu o'yin o'tmishda qoldi"
24 mar 2015 00:01
Yangiliklar


Lyusen Favr: "Biz uch ochko oldik va endi bu o'yin o'tmishda qoldi"
"Borussiya M" bosh murabbiyi Lyusen Favr Germaniya chempionatining 26-turida Myunxenda "Bavariya" jamoasini mag'lubiyatga uchratganidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Biz juda yaxshi o'ynadik. Muhimi himoyada juda tartibli o'yin ko'rsatdik. "Bavariya" 20-25 daqiqa yaxshi harakat qildi. Bizga to'psiz yugurish qiyinchilik tug'dirdi. Lekin shunga qaramasdan gol kiritishni uddaladik. Biz qiyin vaziyatda imkon topdik va raqib darvozasini ishg'ol etdik. Bu odatdagidek bir o'yin. Asosiysi uch ochko oldik. Endi bu g'alabani unutib keyingi o'yinga tayyorgarli ko'rish kerak. CHunki bu bahs o'tmishda qoldi.

Fikrlar