Lyuk Shou: "Pogbaga dam shart emas, u "mahluq"

Tolibjon Qosimov
17 avg 2018, 20:45
"Manchester Yunayted" himoyachisi Lyuk Shou Pol Pogbaning jamoa uchun muhimligi haqida gapirdi.

"Polga dam shart emas. To'g'risini aytsam, u shunchaki "mahluq". U aqlbovar qilmas o'yinchi. U birinchi o'yinga 3-4 kun qolganda qaytdi, u jamoa uchun juda muhim. Pogba sardorlik bog'ichi bilan maydonga tushdi, u kiyinish xonasining haqiqiy yetakchisi. Siz buni Fransiya terma jamoasidagi videoyozuvlardan ko'rishingiz mumkin (JCH-2018 paytidagi).

U menga katta yordam berdi, bazida suhbatlashib turamiz. U ajoyib yigit va futbolchi. Ochig'i, u biz uchun juda ham muhim. U hammaga ajoyib kayfiyat ulashadi va pozitiv atmosfera yaratadi. Birga o'ynayotganimizdan baxtliman, umid qilaman kelajakda bundan ham yorqinroq xotiralar bo'ladi", - deya Shouning so'zlarini keltirdi klub rasmiy sayti.

MYU APL 2-turi doirasidagi bahsni yakshanba kuni "Brayton"ga qarshi safarda o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: manutd.com