Lyudovik Jyuli: "Messi endi barcha o'yinlarda ishtirok eta olmaydi"
23 fev 2023 10:08
Yangiliklar


Lyudovik Jyuli: "Messi endi barcha o'yinlarda ishtirok eta olmaydi"
"Endi Leo barcha o'yinlarda qatnasha olmasligini tushunish lozim. Bazida dam olish ham kerak. Masalan CHempionlar ligasi uchrashuvlari oldidan. Nazarimda shunday ritm yaxshi: uchta o'yin, bitta dam olish.
Leo haliyam Argentina terma jamoasida o'ynash istagi borligini aytyapti. Bu muammo bo'lishi mumkin. Malum vaqtdan so'ng sen parvozlardan keyin tiklanishing qiyin bo'ladi. U klubdagi faoliyatini davom ettirish uchun terma jamoadagi chorlovlarni rad etishi lozimmi? Bilmadim, buni muhokama qilish lozim.
Biz uni ko'p tanqid qildik. Ammo u jahon chempionatida g'alaba qozondi. CHunki u yaxshi tayyorlangandi. Eslatib o'taman, gap jahonning eng yaxshi futbolchisi Lionel Messi haqida ketmoqda", - dedi "Barsa"ning sobiq futbolchisi Jyuli.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar