So’nggi yangiliklar

21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  1 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  19 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  19 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  14 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0

Lyubinko Drulovich: O'zbekiston yoshlar termasi – juda kuchli jamoa Yangiliklar

Lyubinko Drulovich: O'zbekiston yoshlar termasi – juda kuchli jamoa

Teglar :  DrulovichBAA
O'zbekiston U-19 – BAA U-19 (1:0) o'rtasidagi o'rtoqlik o'yinidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida amirliklar bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Bugun yaxshi o'yin guvohiga aylandik. O'zbekiston yoshlar termasi – juda kuchli jamoa. O'yinchilarimning maydondagi xatti-harakatidan qoniqish hosil qildim. Ko'plab vaziyatlar bo'ldi, ammo ulardan unumli foydalana olmadik. Aytish kerakki, yigitlarim oxirigacha kurashdi va bundan mamnunman. BAA yoshlar termasi bilan ishlayotganimga atigi 4 oy bo'ldi. Jamoaning 7–8 nafar futbolchisi harbiy hizmatga chaqirilgani uchun muammolarga duch keldik va jamoani deyarli boshidan tuzdik. Umid qilamanki, yangidan tuzilayotgan jamoa muvaffaqiyatlarga erisha oladi.

Osiyo chempionati saralashidagi raqiblar – Bahrayn, Qirg'iziston, Ummon ancha xavfli. 31 oktyabr kuni Ummonga qarshi bo'lib o'tadigan dastlabki o'yin og'ir kechadi. Maqsadimiz – guruhda birinchi o'rinni qo'lga kiritib, Osiyo chempionatiga yo'l olish. Bugungi o'yindagi hakamlik borasida etirozlar yo'q. Futbolchilarimiz gol ura olmasa, ayb hakamda bo'lmaydi. Ikki kundan keyin yana bir o'yin bor va unda g'alaba qozonishga harakat qilamiz”, – dedi serbiyalik mutaxassis.

Malumot uchun, Lyubinko Drulovich Serbiya U-19 termasi, Serbiya va Makedoniya milliy terma jamoalarida, shuningdek, Belgradning “Partizan” klubida faoliyat yuritgan.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика