So’nggi yangiliklar

21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинга такрорланмайди деб умид қиламан"  4 21:45Ўйнайдими ё ўйнамайдими? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  0 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  1 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  0 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  5 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  93 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  2 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  6 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  4 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  3

Lyubinko Drulovich: “O'zbekiston uchun yangi tarix yaratishga yaqin turibmiz” Yangiliklar

Lyubinko Drulovich: “O'zbekiston uchun yangi tarix yaratishga yaqin turibmiz”

Xabaringiz bor, ertaga futbol bo'yicha O'zbekiston va Saudiya Arabiston Olimpiya terma jamoalari Tailandda bo'lib o'tayotgan Osiyo chempionatining yarim finali doirasida o'zaro bahs olib borishadi.

Bugun mazkur bahs oldidan har ikki terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot-anjumani bo'lib o'tdi.

“Bu har ikki jamoa uchun ham muhim o'yin. Yarim finalga eng kuchli jamoalar etib kelishgan. Biz Saudiya Arabistoni jamoasi bilan to'qnash kelamiz. Bu jamoada jismoniy va texnik jihatdan kuchli o'yinchilar bor. Biz ularni yaxshi bilamiz. Nasib qilsa, bor etiborimizni mazkur o'yinga qaratamiz”, – dedi Lyubinko Drulovich.

– BAA bilan o'yinda biz bir kun ko'proq dam olgan edik. Bu gal aksincha. Bu natijaga tasir qilishi mumkinmi?
– O'ylaymanki, biz o'yinga tayyormiz. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mutaxassis va shifokorlarimiz katta ish olib borishmoqda. Gapingiz to'g'ri, raqib bizdan bir kun ko'proq dam oladi. SHifokorimiz menga barcha yigitlar o'yinga shay bo'lishini takidladi.

– O'tgan uchrashuvda O'zbekiston 5:1 hisobida g'alaba qozondi. Bu jamoaning o'yindan o'yinga o'sayotgani va yaxshi sport formasiga chiqayotganini anglatadimi?
– Ha, haqiqatdan ham o'yinimiz sekin-asta yaxshilanib bormoqda. Lekin ertangi o'yin oson bo'lmasligi aniq. Aytib o'tganimdek, saudiyalik futbolchilar ancha kuchli. O'z o'yinimizni ko'rsata olsak, balki BAAdagidek 4-5 ta gol urmasmiz. Ammo yakunda maqsadimizga eta olishimizga ishonaman.

– Asosiy tarkib o'yinchilarini almashtirmay maydonga tushirish ertangi o'yinda qiyinchilik tug'dirmaydimi?
– Bir jihatga urg'u bermoqchiman: qaysi futbolchilar jismoniy jihatdan o'yinga tayyor bo'lsa, shularni tanlayman. Maydonga tushadigan yigitlar o'yinga yaqin qolganda aniq bo'ladi. Bugun futbolchilarning holatini ko'zdan kechirib olamiz.

– Musobaqada g'olib chiqish mushkul vazifa. CHempion unvonini himoya qilish qanchalik qiyin?
– Oldindagi o'yinlar biz uchun qiyin va masuliyatli. Qo'l ostimdagi yigitlar bilan finalga chiqishimizga ishonaman. Biz bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Hozirda O'zbekiston uchun yangi tarix yaratishga yaqin turibmiz. Mazkur o'yinda g'alaba qozonib, Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olishni maqsad qilganmiz.

– Yaqinda Milliy terma jamoamiz aynan Saudiya Arabistoni bilan o'ynab, alamili mag'lubiyatga uchragan edi. Ertaga o'sha xatolarni takrorlab qo'ymaymizmi?
– Futbolchilarimiz maydonda bor kuchini namoyish etsa, har qanday raqibni mag'lub etish mumkin. Ertanggi o'yin umuman boshqa. Unda
biz faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz.

Reyting: +70   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика