So’nggi yangiliklar

22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  0 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  0 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:10Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" (матнли трансляция)  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  4 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  7 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  27 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0

Lyubinko Drulovich: "Orzu sari intilishda davom etamiz" Yangiliklar

Lyubinko Drulovich: "Orzu sari intilishda davom etamiz"

U-23 Osiyo chempionati chorak finali doirasidagi BAA - O'zbekiston uchrashuvidan oldin har ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

"Bizni katta o'yin kutyapti. O'rtoqlik o'yinida BAA juda kuchli harakat qilgan va g'alaba qozongan. Raqibga nisbatan tiklanishga vaqtimiz ko'proq edi. Biz orzuimiz sari intilishda davom etamiz. Niyat Olimpiada o'yinlari.

Bizda avvalgi turnirda ishtirok etgan bir necha futbolchi bor - 8 nafar. Ularning tajribasi ko'proq. Biroq bu safargi turnir Olimpiada uchun. O'yinlar og'ir bo'lyapti. Hammada motivaciya yuqori. CHempionlikni himoya qilish oson emas. Biz albatta eng yuqori maqsadlarni qo'yganmiz.

Koreyaga qarshi o'yindan keyin men aytgandimki, biz turnir etakchilari bilan o'ynadik va guruhdan chiqdik. Bu esa oson kechgani yo'q. Biz bu safar kuchimizni to'liq tiklashimizga ishonchim komil. BAAga qarshi uchrashuvgacha jismoniy holatimiz yaxshilanadi.

Hamkasbim fikriga to'liq qo'shilaman. Rostdan ham o'yinlar juda keskin bo'ldi. Bitta gol farq ko'p uchrashuv masalasini hal qildi. Yaponiya, Eron, Iroq, Qatar kabi kuchlilar esa guruhda qiyinchilikka duch kelishdi. Ayni vaqtda turnirning 8ta eng kuchli terma jamoa qoldi. Buyog'iga o'yinlarni kichik detallar hal qilib qo'yadi", - deydi Lyubinko Drulovich.



Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика