Lyubinko Drulovich: "Muxlislarimizga Olimpiada yo'llanmasini taqdim etish uchun bor kuch va mahoratimizni ishga solamiz"
06 jan 2020 21:06
Yangiliklar


Lyubinko Drulovich: "Muxlislarimizga Olimpiada yo'llanmasini taqdim etish uchun bor kuch va mahoratimizni ishga solamiz"
Bugungi mashg'ulot avvalida terma jamoamiz ustozi Lyubinko Drulovich OAV vakillariga qisqa intervyu berdi:
– Jamoamiz musobaqaga tayyorgarlikni davom ettiryapti. Tarkibda iqtidorli yigitlar jamlangan. Oldinda bizni juda qiyin uchrashuvlar kutib turibdi. Zero Eron ham, Xitoy va Janubiy Koreya ham qitada o'z o'rniga ega kuchli jamoalar. Lekin ularni hurmat qilgan holda aytamanki, biz har bir raqib bilan tengma-teng o'ynashga shaymiz.
Avvalgi musobaqada O'zbekiston g'oliblikni qo'lga kiritgan, shu boisdan muxlislar bizdan bu gal ham muvaffaqiyatli ishtirok kutishadi. Biz o'zbekistonlik futbol muxlislariga Olimpiada yo'llanmasini taqdim etish uchun bor kuch va mahoratimizni ishga solamiz, – deya takidladi tajribali mutaxassis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar