So’nggi yangiliklar

11:33Месси Жаҳон чемпионатида қатнашадими?   2 10:47Юлиан Нагельсман кечаги мағлубиятдан сўнг шогирдларини кескин танқид қилди  1 10:15МЮ Онанани ижарага бериши мумкин  2 09:40Бразилиялик бизнесмен бутун бойлигини Неймарга қолдирди  16 09:20Италия терма жамоасининг собиқ устози "Фенербахче"ни бошқаришга асосий номзод  2 09:00Месси ўйиндан олдин кўз ёшларини тўхтата олмади. Баҳс якунидан сўнг мухлислар билан хайрлашди  8 08:35ЖЧ-2026. Яна учта терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  9 08:06CAFA Nations Cup. Бугун Қирғиз Республикасига қарши майдонга тушамиз  8 07:39ЖЧ-2026 саралаш. Аргентина, Бразилия ва Уругвай йирик ҳисобда ғалаба қозонди  6 01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  9 01:20Валерий Карпин: "Иорданиядан бунақасини кутмагандик"  12 00:51Родри: "Бу жароҳат менинг фаолиятимни узайтирди"  1 00:33Даниэль Леви 24 йилдан сўнг "Тоттенхэм"дан кетди  1 00:03Ўртоқлик учрашуви. Россия - Иордания ўйинида голлар урилмади  5 23:51Фаррух Сайфиев Расул Чориевнинг ҳолидан хабар олди  14

Lyubinko Drulovich: “Misrga qarshi qiziqarli o'yin bo'ladi” Yangiliklar

Lyubinko Drulovich: “Misrga qarshi qiziqarli o'yin bo'ladi”

Xabaringiz bor, bugun O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Misr olimpiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur o'yin oldidan terma jamoamiz bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Misr terma jamoasi Afrikadagi eng kuchli jamoalardan biri hisoblanadi. SHunday ekan, oldinda bizni kuchli raqibga qarshi qiziqarli uchrashuvlar kutib turibdi. Biz uchrashuvda ijobiy natijaga erishish uchun harakat qilamiz va umid qilamanki, stadionga yig'ilgan muxlislarni xursand eta olamiz. Buning uchun esa andijonlik ishqibozlar ham jamoamizni faol tarzda qo'llab-quvvatlashlariga ishonaman. Qolaversa, tarkibimizda ajoyib futbolchilar bor va ular o'z vaqtida Osiyo chempioniga aylanishgan. Bunday raqibga qarshi bahsda o'zlarini ko'rsata oladilar, deb umid qilaman.

 Umuman olganda, Misr terma jamoasi haqida malumotlarga egamiz. Futbolchilarimiz ham ertaga qanday raqibga qarshi maydonga tushishlarini yaxshi bilib turibdilar. Biz Misrning o'yinlarini jamoaviy tarzda ham ko'rib, tahlil qilib chiqdik. Muxlislarni qiziqarli to'qnashuv kutib turibdi.

 Tarkibimizda yo'qotishlar yo'q emas. Bir qator futbolchilarimiz milliy terma jamoamizga chaqirilishgan bo'lsa, Islom Kenjaboev bilan Jasur Yaxshiboevda jarohatlar bor. Albatta, tarkibimizda yangi nomlar ham yo'q emas. Bu o'yin esa ular uchun o'zlarini ko'rsatishga bo'lgan imkoniyat. Olimpiya terma jamoasida o'zini ko'rsatgan o'yinchilar milliy termaga ham jalb etilmoqdalar. O'ylaymanki, tarkibimizdagi har bir o'yinchi ham milliy termada to'p surishni istaydi. Buning uchun esa ular o'zlarini har tomonlama ko'rsata olishlari lozim. Bu borada esa har bir futbolchimizda bunday imkoniyat bor. Oldimizda Osiyo chempionati musobaqasi turibdi. Asta-sekin ushbu musobaqaga tayyorgarlik ko'rib boryapmiz. Hammasi rejamiz asosida davom etmoqda", - dedi  Lyubinko Drulovich.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика