Lyubinko Drulovich: “Kelasi uchrashuvga borimizni berib tayyorlanamiz”
22 jan 2020 17:51
Yangiliklar
Lyubinko Drulovich: “Kelasi uchrashuvga borimizni berib tayyorlanamiz”
“Juda qiyin o'yin bo'ldi. Dam olish uchun kam kun bo'lgani baribir o'z so'zini aytdi. Lekin bugun yomon o'ynamadik. Ko'proq imkonityalarga ega bo'ldik. Birgina Bobir Abduxoliqovda 3 ta yaxshi vaziyat bo'ldi. Afsuski, foydalana olmadik. O'yin oxiri raqib uchun omadli o'tdi. Saudiyaliklarni g'alaba bilan tabriklayman. Endi kelgusi o'yinlarga yaxshi tayyorlanishga harakat qilaman”, – dedi Lyubinko Drulovich.
– 1 yildan beri O'zbekiston terma jamoasidasiz. Nima deb o'ylaymiz, nega Milliy terma jamoamiz ham, yoshlarimiz ham o'yin oxirida imkoniyatni boy berib qo'ymoqda?
– Bilmadim. Bunga izoh berish qiyin. Bugungi o'yindagidek birgina xato vaziyatni butunlay o'zgartirib yuborishi mumkin. Futbol shunisi bilan ham boshqa sportlardan farq qiladi. Bugungi o'yin o'tib bo'ldi. Endi buni unutgan holda bor etiborimizni keyingi bahsga qaratamiz.
– Bugun mag'lubiyat bo'lsa-da, Olimpiada yo'llanmasi uchun imkon bor. Yigitlarni tayyorlashga ulgurasizmi?
– Avvalo, natijaga erishish uchun o'zimizni ishontira olishimiz kerak. Endi keyingi o'yinga borimizni berib tayyorlanamiz. Hozir yigitlarni ham ruhiy jihatdan tayyorlash kerak. Olimpiadaga yo'llanma qo'lga kiritish O'zbekiston uchun qanday muhim ahamiyat kasb etishini tushinib turibmiz. Nasib qilsa, kelasi uchrashuvda bu ishonchni oqlaymiz.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar