So’nggi yangiliklar

02:15АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  9 02:09Иван Бошкович: "Жамоага қандай фактор етишмаётганини биламан, бироқ буни тушунтириб беришим жуда қийин"  0 01:26АПЛ. "Тоттенхэм" яна мағлуб бўлди, бу сафар "Астон Вилла"га  2 01:19Саудия Арабистони. "Ал Насср" дуранг ўйнаб, 3-ўринни бой берди, "Ал Ҳилол"дан камбэк!  2 00:33"Сурхон" спорт директори: "Кубокда финалга қадар боришни мақсад қилгандик. Февзи Давлетов номидан узр сўраб қўяман"  1 23:24"Атлетико" Влаховичга қизиқиш билдирмоқда  1 22:30Де Зерби ПСЖ ва "Интер" ўртасидаги EЧЛ финали ҳақида: "Netflix’да фильм томоша қиламан"  3 22:04Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Сўғдиёна"ни мағлуб этди   18 21:58Хёйсеннинг "Реал"даги маоши маълум. АПЛ клублари ҳимоячига кўпроқ пул тўлашга тайёр эди  3 21:35МЮда мавсумнинг энг яхши ўйинчиси аниқланди  0 21:11Хосеп Гвардиола: "Албатта, биз Англия кубогини қўлга киритишни истаймиз, аммо бу биз учун етарли эмас"  1 20:43Хёйсен "Реал" билан 5 йиллик шартнома имзолайди  20 20:20"Атлетико" 55 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  31 19:50УЕФА Чемпионлар Лигаси йўлланмаси учун жиддий кураш. "Чипта" битта — даъвогар эса иккита  9 19:44"Сурхон" — "Сўғдиёна". Асосий таркиблар маълум  2

Lyubinko Drulovich: "Hindiston bunchalik yaxshi o'ynashini kutmagandim" Yangiliklar

Lyubinko Drulovich: "Hindiston bunchalik yaxshi o'ynashini kutmagandim"

U-23 Osiyo chempionati saralashi doirasidagi Hindiston U-23 - O'zbekiston U-23 (0:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Lyubinko Drulovich ishtirok etdi.

"O'ylashimcha shogirdlarim bugungi o'yinni yaxshi o'tkazishdi. Sababi birinchi o'yinda birdaniga yaxshi o'ynash og'ir bo'ladi. O'z maydonimizdagi musobaqada biroz bo'lsa ham bosim bo'ladi. SHunchalik qiyinchilik bo'lsa ham munosib o'ynadik. Bundan tashqari Hindiston bu darajada yaxshi o'ynashini kutmagandim. Bizga juda yaxshi qarshilik ko'rsatishdi. SHogirdlarimni g'alaba bilan tabriklayman", - deydi Lyubinko Drulovich. 

- Bobir Abdixoliqov zaxiradan maydonga tushib ikkita gol urdi. Nega u asosiy tarkibda emasdi?

- Bobir juda yaxshi futbolchi. Biroq u oxirgi 7 kun mashg'ulot o'tkazmagan edi. SHu bois uni faqatgina zaxiradan maydonga tushirdik".

- Yig'inlar vaqtida Abdulla Abdullaev va Jasur Yaxshiboev asosiy tarkibda o'ynashdi. Bugun raqib Hindiston bo'lgani uchun ularni zaxirada qoldiringizmi?

- Yaxshiboev bizning yig'inimizga 5 kun oldin qo'shildi. Uni juda yaxshi futbolchi deb hisoblayman, biroq faqatgina AGMK bilan bahsdagina sinab ko'rdim xolos.



- Oston O'runov va Islom Kenjaboev raqibni aldash jarayonida juda ko'p xato qilishdi. Oybek Rustamov esa juda ko'p brak paslar berdi. SHu o'yinchilar haqida qanday fikrdasiz?

- Oston juda yosh futbolchi. Yosh bo'lishiga qaramay to'pni sevadigan bola. U bilan ko'p gaplashganmiz, iloji boricha oddiy o'ynagin deb aytaman. Lekin baribir juda yaxshi futbolchi. Rustamov esa taktik jihatdan juda yaxshi o'yinchi, o'z chiziqlarini yopib to'g'ri o'yin ko'rsatadigan futbolchi. Xatolarga keladigan bo'lsak, bu futbol, futbolda bo'lib turadi.

- Xojiakbar Alijonov 5 kun oldin yig'inga qo'shildi. Ko'pchilik Alijonovning "Paxtakor"dagi o'yinlarini ko'rib uni asosiy tarkibda kutishgandi...

- Uning ham vaziyati Yaxshiboevga o'xshaydi. Ispaniya va Turkiyadagi yig'inlarda himoyaviy o'yinlarga etibor qaratdik. Himoyadagi futbolchilarning bir-birini tushunishi shakllanib ulgurgan.

- Keyingi raqib Tojikiston. Ularning ustozi Usmon Toshev. U o'zbekistonlik va jamoamiz haqida barcha malumotni biladi. Ularga qarshi o'zgacha taktika yoki syurprizlar bo'ladimi?
- Asosiy maqsadimiz futbolchilarni tiklab olish. Hindiston va Tojikiston o'rtasidagi o'yinni ko'ramiz. Usmon Toshev bizning jamoani bilishi oddiy xol. Bizning asosiy maqsadimiz tiklanishdan iborat.


- Abdixoliqov "Nasaf"da markaziy hujumda o'ynaydi, ammo terma jamoalarda vinger sifatida o'ynadi. Bugun ham uni vinger sifatida maydonga tushirdingiz va markaziy hujumga o'tkazganingizdan keyin ikkita gol urdi. 

- Albatta buni bilaman. Bu juda yaxshi holat, chunki Bobirni ham vinger, ham markaziy hujumchi sifatida o'ynatishim mumkin. Mirjahon maydonda bo'lganida uni vinger sifatida o'ynatdim.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика