Lyov: "Noyer bemalol yarim himoyada o'ynay oladi"
04 iyu 2014 11:42
Yangiliklar
Lyov: "Noyer bemalol yarim himoyada o'ynay oladi"
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov JCH-2014 chorak finali doirasidagi Franciyaga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
- Zamonaviy darvozabon jarima maydoni tashqarisida ham o'ynay olishi kerak. AQSH va Jazoirga qarshi o'yinning katta qismini biz hujumda o'tkazdik. SHu bois ham Manuel jarima maydoni tashqarisiga chiqib to'pni 50 - 60 metrga oshirishi muhim edi. Noyer - ajoyib futbolchi, u bemalol yarim himoyada o'ynay oladi (zalda kulgu).
Fikrlar