Lyakazett "Arsenal"da qaysi raqamda o'ynaydi? (foto)

Aslanov Jasurbek
11 iyul 2017, 14:34
52 mln. funt evaziga "Lion"dan "Arsenal"ga o'tgan hujumchi Aleksandr Lyakazett "to'pchilar" safida qaysi raqamda o'ynashi ko'pchilikka qiziq.

"Squawka"ning xabar berishicha, forvard "to'pchilar" safida 9-raqamda o'ynaydi.


So'nggi mavsum bu raqam hujumchi Lukas Peresga tegishli edi. Yangi mavsumda ispaniyalik 28-raqamda o'ynashi ma'lum bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia