So’nggi yangiliklar

01:00Ла Лига. "Барселона" "Сельта" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  8 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  22 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  7 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  2 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  4

Lutfullo To'raev: Lokomotiv bilan Osiyo CHempionlar Ligasini yutmoqchiman Yangiliklar

Lutfullo To'raev: Lokomotiv bilan Osiyo CHempionlar Ligasini yutmoqchiman

Yangi mavsum oldidan Lokomotiv o'z tarkibini sezilarli ravishda ko'chaytirishga erishdi.
Temiryo'lchilar shu kungacha o'z safiga Bunyodkordan ajoyib kvartet – Ignatiy Nesterov, Jasur Hasanov, Lutfullo To'raev va Anvar G'ofurovlar to'rtligini qo'shib oldi. Bundan tashqari jamoamiz bilan Neftchining ikki vakili – Sardor Mirzaev va Eldor Isaboevlar ham shartnoma imzolashdi. Ular qatoriga keyinroq terma jamoamiz azosi, o'z vaqtida mamlakatimizning eng istiqbolli futbolchisi sifatida etirof etilgan Marat Bikmaev ham qo'shildi. Va nihoyat BAA safari oldidan Lokomotiv tarkibiga ikki nafar legionerni ham qo'shib oldi. Bu haqda saytimiz orqali allaqachon xabar topgansiz. Jamoani yangi xaridlari orasida eng muvaffaqiyatlilaridan biri sifatida Lutfullo To'raevning temiryo'lchilar libosini kiyganini aytish mumkin. Faqat buni amalda isbotlash endi ko'p jihatdan futbolchining o'ziga bog'liq. Jamoamiz BAA safariga jo'nab ketishi oldidan L.To'raev klub sayti uchun maxsus intervyu berdi.

- Lutfullo, avvalo kech bo'lsa-da Lokomotiv oilasiga xush kelibsiz, deymiz.

- Rahmat.

- Bunyodkordan Lokomotivga taklif etilgan Nesterov, Hasanov va G'ofurovlar zamonaviy futbol uchun deyarli faxriy yoshga etib qolishgan. SHu manoda qaldirg'ochlar bu futbolchilarning Lokoga o'tishiga qarshilik qilmaganini tushunish mumkin. Ammo, siz ayni futbol o'ynaydigan yoshdasiz. Nega Bunyodkor sizni asosiy raqibi safiga o'tishingizga qarshilik qilmadi?
- Xabaringiz bor, men o'tgan mavsumning ikkinchi yarmida Lokomotiv klubiga ko'chib o'tishim kerak edi. Biroq, o'shanda bazi sabablarga ko'ra temiryo'lchilar tarkibiga qo'shilishim amalga oshmadi. O'sha paytda Lokomotiv rahbariyati bilan kelishuvga erishgandim va mavsum tugagach qaldirg'ochlar safini tark etishim deyarli aniq edi. SHuning uchun Bunyodkor klubi Lokomotivga o'tishimga qarshilik qilmagandir. Qolaversa, o'zimni yangi jamoada, yangi muhitda sinab ko'rish istagi kuchlilik qildi. Bunyodkorda ikkita ajoyib mavsumni o'tkazdim. Bu jamoada O'zbekiston chempioni bo'ldim, ikki marta esa mamlakat kubogini qo'lga kiritdik. Umid qilamanki, yangi jamoam bilan bundanda yuksak cho'qqilarni zabt etamiz.

- Mashal, keyinchalik Nasaf jamoalarida asosan tayanch yarim himoyasida to'p surardingiz. Bunyodkorga kelib ko'proq hujumchilar ortida, bazan hujumda ham o'ynashingizga to'g'ri keldi. Lokomotivda qaysi poziciyada to'p surmoqchisiz?

- Buni men emas, balki murabbiylar hal qilishadi. Yigit kishiga qirq hunar ham oz. Maydonning qaysi joyida bo'lsa o'ynayveraman va bu borada malum ko'nikmam bor. Murabbiylar qaerda to'p surishimni lozim topishsa, o'sha joyda o'ynashga tayyorman.

- SHaxsan o'zingizga ko'proq qaysi ampluada o'ynash yoqadi?
- Hujumchilar ortida.

- OFK kubogi sohibi, O'zbekiston chempioni, kubogi g'olibi, bir necha bor mavsumni sovrindorlar safida yakunlagan Lutfullo To'raev nima uchun shu paytgacha milliy terma jamoada o'z o'rnini topib ulgurmadi?
- Bugungi O'zbekiston milliy terma jamoasining yarim himoya chizig'ida juda kuchli futbolchilar jamlanishgan. Jeparov, Ahmedov, Kopadze, Haydarov, Tursunov... Bu tarkib bilan biz Osiyoda eng kuchli jamoalardan biri bo'lishga loyiqmiz. Milliy terma jamoamizning yarim himoyasida kuchli futbolchilar ko'pligi va tanlash imkoni yuqoriligi sababmi mamlakat bosh jamoasida o'z o'rnimni topib ulgurmagandirman. Ammo, o'z ustimda ishlashda davom etsam, hali hammasi oldinda, degan umiddaman va milliy terma jamoada ham o'z o'rnimni topishga harakat qilaman.

- Lokomotivning OCHLdagi imkoniyatini qanday baholaysiz? Umuman, bo'lajak raqiblarimiz haqida malumotga egamisiz?

- Saralash bahslarida katta ehtimol bilan Quvaytning Quvayt SK jamoasini qabul qilamiz. Ular bilan OFK kubogi finalida to'qnash kelgandik. O'sha paytda jamoada mahoratli legionerlar to'p surishardi. Agar ular hali ham jamoada qolishgan bo'lsa, legionerlari juda kuchli futbolchilar ekanini aytishim mumkin. Ammo, bu jamoaga qarshi bemalol to'p surish mumkin. Qolaversa, uyda o'ynaymiz va muxlislarimiz qo'llab-quvvatlab turishsa albatta yutamiz. BAAdagi yig'inimiz davomida bir qator nazorat-sinov uchrashuvlarida maydonga tushamiz va bu o'yinlarda jamoaning o'yin amaliyotini shakllantirishga harakat qilamiz.

- Internet saytlarida siz bilan Janubiy Koreya klublari jiddiy tarzda qiziqishayotgani haqida malumotlar paydo bo'ldi. Bu qanchalik haqiqatga yaqin?

- Ochig'i, bu xabarlarni men ham internetda ko'rib hayron qoldim. CHunki, bu borada menga hech bir klub yoki agent tomonidan taklif tushgani yo'q.

- Agar shunday taklif bo'lib qolsa nima qilardingiz?
- Yo'q demasdim. Axir har qanday futbolchi o'zini kuchli chempionatda sinab ko'rishni istaydi.

- Biroq, Lokomotiv bilan shartnomangiz borku...
- Klub rahbariyati bilan shunday kelishuvimiz bor: agar menga xorijdan manfaatli taklif bo'lsa Lokomotiv ketishimga qarshilik qilmaydi. Ammo, ayni paytda butun fikru xayolim temiryo'lchilar jamoasi bilan bog'langan. Jamoamiz o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan. O'zbekiston chempionati va kubogida g'alaba qozonish, qolaversa OCHLda ham munosib ishtirok etishni maqsad qilganmiz. Bu yo'lda yangi jamoamga yordam berishga tayyorman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика