Lutfulla To'raev Malayziyaga yo'l olmoqda
05 dek 2015 07:30
Yangiliklar


Lutfulla To'raev Malayziyaga yo'l olmoqda
"Lokomotiv" klubi yarim himoyachisi Lutfulla To'raev faoliyatini xorijda davom ettirishga yaqin.
Yarim himoyachi faoliyatini Malayziya super ligasi ishtirokchisi bo'lgan "Felda Yunayted" klubida davom ettiradi. Bu klubda o'zbekistonlik futbol muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan Boyan Miladinovich to'p tepmoqda. "Felda" yakuniga etgan mavsumda Superligada 5-o'rinni egalladi.
Bu mavsum Lutfulla To'raev oliy ligada 27ta o'yinda maydonga tushib 4ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar