So’nggi yangiliklar

10:48Бугун аёллар терма жамоамиз Лаосга қарши баҳс олиб боради  0 10:19Суперлига. 15-тур расмийлари маълум. Марказий учрашувни Лутфуллин бошқариб боради  2 09:44Алонсо ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  11 09:17Ўзбекистон кубоги. Бугун сўнгги чорак финалчилар аниқланади  3 08:48Ўзбекистон МТЖ аъзоси “Пахтакор“га қайтиши мумкин  18 08:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  30 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. Сўнгги чорак финалчи аниқланди  1 07:34Суперлига. Бугун "Динамо" "Нефтчи" учрашуви бўлиб ўтади  9 02:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ювентус" минимал ҳисобда енгиб, чорак финалга йўл олди  61 00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6

Lutfulla To'raev: "Hozirgi rahbarimiz ishlayotgan bo'lsa salom yo'llayman va jamoaga kelib xabar olishini so'rab qolaman" Yangiliklar

Lutfulla To'raev: "Hozirgi rahbarimiz ishlayotgan bo'lsa salom yo'llayman va jamoaga kelib xabar olishini so'rab qolaman"

Toshkentning "Bunyodkor" jamoasidagi vaziyat hech kimga sir emas.

Bu borada mana butun mavsum davomida fikr yuritib kelindi. Klubning bugungi kundagi ahvoli mana mavsum yakunida ham o'sha o'sha muammoligicha qolmoqda. Bu borada jamoaning etakchi futbolchisi Lutfulla To'raev fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bugungi o'yin haqida fikr bildiradigan bo'lsam to'g'ri hamma narsa bizga bog'liq edi. Hakam tajribali bo'lishiga qaramasdan o'zining darajasida hakamlik qilmadi. Mag'lub bo'lganimizga o'zimiz sababchimiz, dekabr oyi bo'lgani bois yigitlarning kuchi etmadi. Pandemiya sabab mavsum qiyin o'tdi. Menimcha shu charchoq alomatlari sezildi. Oxirgi daqiqalarda bir qancha vaziyatlarimiz bo'ldi, o'zimda ham. Maydonga yutqazamiz deb tushmadik. Mavsum biz uchun yakunlandi.

To'rtinchi o'rin "Bunyodkor"ning hozirgi holatidan kelib chiqib juda yaxshi natija deb o'ylayman. Superligani yaxshi natija bilan yakunladik. 

Ahvol deganimga rahbarlar holimizdan xabar olmadi. Ko'p futbolchilar shu futbol orqali oilasini boqadi. Besh oydan beri maosh olmayapmiz, mukofot pullari ham yo'q. Rahbariyat almashganida jamoaga etibor berishganida ikkinchi o'rin uchun ham kurashishimiz mumkin edi. Jamoaga kelib pul bermagan taqdirda ham dalda berganida ham ularga ishonib harakat qilardik. SHundoq ham to'rtinchi o'rinni egalladik. Etibor etishmadi. 

Avvalgi rahbariyat har hafta ikki marotaba biz bilan ko'rishardi, mashg'ulotlarimizga kelardi. O'yinlardan keyin kiyinish xonasiga kirib qo'llab-quvvatlab chiqib ketar edi. Uch oylik qarzdorlik bo'lishiga qaramasdan maoshlarimizni etakazib bera olgandi. O'tgan yili dekabr oyining maoshini 29-sanada olganmiz. Hozir esa endi avgustni oyligini olyapmiz. Rahbarlarning etibori futbolchilarga ishonch beradi. Pul bo'lmasa ham kelyapti-ku xabar olyapti-ku degan fikr uyg'onadi. Bu yil bunday narsa bo'lmadi. Bir marotaba ko'rishganida ham SHuhrat akaning tug'ilgan kuni sabab keldi. Uchrashganda ham bo'ladi, men yaqinda keldim degan gapdan nariga o'tmadi. Vaholanki kelganiga ikki oydan oshgandi. Mana hali hamon yo'q. 

O'tgan yili ovqatlanish uch mahal bo'lardi, uydan kelganlar ham kechki payt bazada ovqatlanib ketardi. Bu yil shu narsa ham yo'q. Ertaga nima bo'lishini bilmaymiz. "Bunyodkor" qanday jamoa edi, hammani havasi kelardi. 2012-2013 yillarda bu erda o'ynaganimda hammasi zo'r edi. 

Hozirgi rahbarimiz o'zi ishlayaptimi? Buni bilmayman. Ayniddin aka bilan avval ham ishlaganman. Ularga salom yo'llayman va ishlayotgan bo'lsa kelib turib xabar olishini so'rayman",- deydi Lutfulla To'raev.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика