Lutfulla To'raev futbolchilik faoliyatini yakunladi
26 dek 2023 16:15
Yangiliklar
Lutfulla To'raev futbolchilik faoliyatini yakunladi
O'zbekiston terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Lutfulla To'raev faoliyatiga yakun yasadi.
35 yoshli futbolchi so'nggi mavsumni "Neftchi"da o'tkazgandi.
Yarim himoyachi faoliyati davomida "Mashal", "Nasaf", "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Felda Yunayted" (Malayziya), OKMK va "Neftchi" jamoalarida harakat qilgan.
Endilikda To'raev "Neftchi" murabbiylar shtabida faoliyat yuritadi.
To'raev shu paytga qadar ko'plab yutuqlarga erishgan, jumladan, "Bunyodkor" bilan O'zbekiston chempioni, "Lokomotiv" va OKMK bilan Kubok sohibiga aylangan.
Fikrlar