So’nggi yangiliklar

21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  0 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  0 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  6 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  1 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   10 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  4 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  3

Lushanning sevimli gapi kecha o'ziga qarshi ishladi Yangiliklar

Lushanning sevimli gapi kecha o'ziga qarshi ishladi

Kecha "Bunyodkor" o'z maydonida Eronning "Persepolis" klubini qabul qilib, 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi. Albatta, bu o'yin hali ko'p marta esga olinadi va tahlil qilinadi.
O'yindan keyingi matbuot anjumanida "Bunyodkor" bosh murabbiyi Sergey Lushan savollarga javob berayotib, mag'lubiyat haqida to'liq fikr bildira olmasligini va jurnalistlarda savollar bo'lsa, ikki kun ichida javob qaytarishini malum qildi. Biz bu o'rinda bosh murabbiyning holatini to'g'ri tushunamiz. O'z maydoningda yutqazib qo'yish har doim alamli, bo'lib ham stadionga 20 mingdan ziyod tomoshabin kelganda.

Kecha "Bunyodkor" stadionida haqiqiy anshlag bo'ldi. Hatto uzoq viloyatlardan ham ko'plab muxlislar kelishdi. Muxlislarning asosan ikkita sabab tufayli poytaxtga kelishgani turgan gap: birinchisi, hashamatli "Bunyodkor" stadionini ko'rish, ikkinchisi, Sardor Rashidovning o'yinidan zavq olish. Lekin "Persepolis" bilan o'yinda Rashidov o'z imkoniyatlarini to'liq namoyon eta olmadi. Aniqrog'i, unga raqib futbolchilari umuman imkon berishmadi. Rashidov "yopib" qo'yilsa, jamoada ikkinchi reja yo'qligi pand berib qo'ydi.

Etibor bering, "Al Jazira" va "Al Nasr" klubilari bilan kechgan bahslarda Sardor Rashidovga hech kim xalaqit bermagandi, natijada jizzaxlik yarim himoyachi o'zi istagandek harakat qildi. Qanotlardan, bazan markazdan yorib kirish, to'pni sheriklariga vaqtida uzatib berish deysizmi, ammo kechagi bellashuvda yorib kirish tugul, hatto to'p uzatib berishlar ham o'xshamadi. Buning ustiga o'yinning dastlabki o'n-o'n besh daqiqasi ichida Rashidov go'yoki hamma unga qarab turgandek, faqat u muxlislar uchun o'ynayotgandek o'zini tutdi. Natijada nahotki Rashidov "yulduzcha" ushlagan bo'lsa, degan xayolga borgan paytlarimiz bo'ldi.

Eng alam qilgani esa Sergey Lushanning matbuot anjumanida bir-ikki bor aytgan sevimli gapining o'ziga qarshi ishlagani bo'ldi. Lushan avvalgi ikkita o'yindan oldin shunday degandi: "Tartib mahoratni engadi". To'g'ri, "Persepolis" bilan o'yinda ham bu gap o'zini oqladi, yani tartib mahoratni engdi, faqat tartibli o'yin shu kuni raqib tomonidan ko'rsatildi. Eronliklar hisobni ochgach, qolgan daqiqalarda juda tartibli o'yin namoyish etgan holda "Bunyodkor"ga umuman imkon berishmadi.

Sergey Lushan aytganidek, kecha "Persepolis" himoyaviy o'yin ko'rsatgani yo'q, balki aql bilan ish ko'rgan holda tartibli futbol o'ynadi. Ortiqcha kuch sarflamasdan "Bunyodkor"ni mag'lub eta oldi. Muhimi, ular kichik hisobni saqlab qolishdi. Bu jamoa o'tgan turda "Laxviya"ni 3:0 hisobida mag'lub etgandi. Bu safar esa gol o'tkazmasdan "Bunyodkor"dan ustun keldi. Agar Sergey Lushan kabi tartib mahoratni engadi deydigan bo'lsag-u, lekin raqib jamoa tartibni birinchi o'ringa qo'yadigan bo'lsa, unga "Bunyodkor" qaysi yo'lni tanlaydi? Mahoratnimi? "Bunyodkor" tarkibida mahoratli futbolchilar bor, biroq murabbiy uchun mahoratli jamoa tuzish eng muhimi hisoblanadi. SHunday ekan, Lushan oldidagi birlamchi vazifa mahoratli jamoani shakllantirib olish. Buning uchun esa vaqt bemalol.

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика