So’nggi yangiliklar

08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  1 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  3 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  9 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2

Lushan va Rashidov - avgust oyi laureatlari bo'lishdi Yangiliklar

Lushan va Rashidov - avgust oyi laureatlari bo'lishdi

O'zbekiston CHempionatining avgust oyidagi eng yaxshi murabbiyi va o'yinchisini aniqlash bo'yicha jurnalistlar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada Bunyodkor vakillari tengsiz deb topildi.
Xususan, Bunyodkor bosh murabbiyi Sergey Lushan oy murabbiyiga aylangan bo'lsa, jamoa yarim himoyachisi Sardor Rashidov avgust oyining eng yaxshi futbolchisi sifatida tanlandi.

O'zbekiston chempionatining avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqlash bo'yicha OAV xodimlari, jurnalistlar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma 29 avgust- 4 sentyabr kunlari bo'lib o'tdi. So'rovnomada jurnalistlar Oliy Liga va Birinchi Liga klublarida faoliyat olib borayotgan jami 13 nafar murabbiy va 18 nafar futbolchini g'oliblikka davogar sifatida ko'rsatishdi.

Murabbiylar o'rtasidagi kurashda Bunyodkor bosh murabbiyi Sergey Lushan 67 ochko to'pladi va 2-o'rinda qayd etilgan Paxtakor bosh menejeri Samvel Babayanni 5 ochkoga ortda qoldirdi. Sergey Lushan qo'l ostida Bunyodkor avgust oyida 5ta o'yin o'tkazdi va 4ta uchrashuvda g'alaba qozondi. Bunyodkor 28 avgust kuni safarda chempionat peshqadami Lokomotiv ustidan g'alaba qozonganini ham takidlash lozim.

Futbolchilar orasida esa avgust oyi yakunlariga ko'ra Bunyodkor yarim himoyachisi Sardor Rashidovga teng keladigan futbolchi topilmadi. Yarim himoyachi avgust oyi so'rovida o'zining eng yaqin taqibchisi Aleksandr Geynrixni 28 ochoga ortda qoldirdi va umumiy 95 ball bilan oy futbolchisi bo'ldi. Rashidov avgust oyida jami 5ta o'yinda maydonga tushib raqiblari darvozasini to'rt bora nishonga olgan.

Malumot o'rnida, mart-noyabr oylarida o'tkaziladigan Oyning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi tanlovilarining natijalari umumlashtirib chiqiladi va natijalardan kelib chiqib, O'zPFLning 2014 yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomi aniqlanadi.

Oyning eng yaxshi o'yinchisi so'rovnomasi avgust oyi kuchli beshligi:
1. Sardor Rashidov (Bunyodkor) – 95 ball.
2. Aleksandr Geynrix (Lokomotiv) – 67 ball.
3. Kaxi Maxaradze (Paxtakor) – 40 ball.
4. Artur Gevorkyan (Nasaf) – 39 ball.
5. Ruslan Vagapov (Paxtakor), Zohir Qo'ziboev (Mashal) – 20 ball.

Oyning eng yaxshi murabbiyi so'rovnomasi avgust oyi kuchli beshligi:
1. Sergey Lushan (Bunyodkor) – 67 ball.
2. Samvel Babayan (Paxtakor) – 62 ball.
3. Tachmurod Agamurodov (Dinamo) – 34 ball.
4. Aleksandr Xomyakov (Mashal) – 32 ball.
5. Davron Fayziev (So'g'diyona) – 29 ball.   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика