So’nggi yangiliklar

20:15Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 - Япония U-23  1 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  0 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  4 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  4 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  18 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  9 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  6 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0

Lushan “So'g'diyona” murabbiylar shtabini yangilaydi Yangiliklar

Lushan “So'g'diyona” murabbiylar shtabini yangilaydi

Kecha Jizzaxning "So'g'diyona" klubi bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov istefoga chiqarilgandi.

Jamoa rahbariyati “So'g'diyona” hali sovrinli o'rinlar uchun kurashishini va hech ham qo'l ko'tarmoqchi emasligini isbot qilishda davom etadi. Klub rahbariyati xalqaro maydonda o'zini ko'rsata olgan va o'zbek futbolida o'z o'rniga esa bo'lgan tajribali murabbiy Sergey Lushanni jamoaga taklif qildi va shartnoma imzoladi.

“Bunyodkor” jamoasi bilan xalqaro maydonlarda ishtirok etib, tajriba to'plagan  murabbiy endilikda yordamchi murabbiy Muhiddin Ortiqov va darvozabonlar murabbiyi Igor Mixaylovlar bilan birga “Co'g'diyona”ni boshqaradi.

Mavsum boshidan buyon “So'g'diyona” murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan Timur Turdiev va Mikola SHevchenkolar bilan tuzilgan  shartnoma bekor qilindi.

Eslatib o'tamiz, “So'g'diyona”  11 aprel kuni  “Navbahor”ga qarshi bahs olib boradi. Ushbu o'yinda jamoani Sergey Lushan boshchiligidagi murabbiylar shtabi tayyorlaydi.


Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика