So’nggi yangiliklar

23:54Гвардиола яна Англия Кубоги тўпини танқид қилди: "Иккала жамоага ҳам уни назорат қилиш қийин бўлди. У жуда тез"  0 23:20Элит ОЧЛ. Чорак финалнинг сўнгги баҳсида "Кавасаки Фронтале" ва "Ал Садд" ўзаро баҳс олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  9 23:12Педру Морейра: "Ҳозирги вақтда бизга фақатгина очколар сони муҳим"  1 23:06РПЛ. "Рубин" Руслан Безруковнинг дубли эвазига иккинчи бўлимда ўн киши бўлиб қолган "Факел"ни мағлуб этди, Ашурматов захирада қолдирилди  0 23:01Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда минимал ҳисобда имкониятни бой берди, Алиқулов тўлиқ ўйнади  2 22:56Озарбайжон чемпионати. "Сабаҳ" ўз уйида "Қорабоғ" билан дуранг ўйнади, Раҳмоналиев захирада қолдирилди  0 22:40Суперлига. "Насаф" ва "Навбаҳор" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Шўртан" эса 10 киши бўлиб қолган "Пахтакор"га гол ура олмади  0 22:30Англия кубоги. "Манчестер Сити" "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, финалга йўл олди. Бош соврин учун рақиб — "Кристал Пэлас"  38 22:24"Ливерпуль" — АПЛ чемпиони!  34 22:10Суперлига. "Насаф" "Қизилқум"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва мусобақа жадвалининг 1-ўрнига кўтарилиб олди  21 21:51Григорий Колосовский: "Олимпик-Mobiuz" қандай футбол ўйнаш кераклигини кўрсатиб қўйди"  0 21:40Анвар Бердиев: "Футболчиларимизда ўзига бўлган ишонч етишмади"  0 21:21Фарҳод Нишонов "Локомотив"га қарши ўйиндан кейин: "Ғалабага ҳақли эдик, бошқа вазиятларимиздан фойдаланганимизда ҳисоб йириклашиб кетарди"   2 20:57Рюдигер класикодаги ҳакам билан боғлиқ воқеа учун оммадан узр сўради  25 20:35РПЛ. "Химки" — "Акрон" ўйинида жанговар дуранг қайд этилди, Эсанов эса захирада қолдирилди  0

Lushan Neftchidan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi? Yangiliklar

Lushan Neftchidan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?

Superliganing 4-turidan o'rin olgan “Neftchi” – “Navbahor” (3:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Navbahor” bosh murabbiyi Sergey Lushan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

Sergey Ivanovich odatdagidek, o'z so'zini o'yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

- Menimcha, bugungi uchrashuvga ortiqcha izohning hojati yo'q. O'yin tomoshabop, derbiga xos, emociyalarga boy tarzda kechdi. Har ikki jamoada ham xatolar yuzaga keldi. O'z imkoniyatidan samarali tarzda foydalana olgan jamoa g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi. Bu erda ortiqcha gapning keragi yo'q. 

- Sizningcha, zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o'zlarini qanchalik oqlashdi? Izohlarda almashtirishlar o'zini oqlamadi, degan fikrlar yangramoqda... 

- Nima uchun shunday fikrlarni bildirayotganlar uch nafar hujumchini maydonga tushirganimiz borasida indashmayapti. Almashtirishlarni amalga oshirishdan maqsadimiz, qanotlarni kuchaytirish edi. Boisi, qanotlardan uch marta darvozamizga xavf solindi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o'z imkoniyatlari darajasida o'yin namoyish eta olmaganliklari ularning yomon o'yinchilar ekanligini anglatmaydi. O'sha yigitlar avvalgi bahsda  asosiy tarkibda maydonga tushib, eng yaxshi futbolchilar bo'lishgandi. Zaxiradan maydonga tushadigan o'yinchilarning qanday foyda keltirishlarini oldindan taxmin qilib bo'lmaydi. Menimcha, tarkibimizdagi futbolchilarning barchalari mahoratli o'yinchilar hisoblanishadi. Ularning barchalariga o'ynash uchun imkoniyat berish kerak.   

Biz mazkur o'yinning 65-daqiqasidan boshlab, tempni yo'qotdik. Shu bois, jamoaga “yangi qon” zarur edi. Zaxiradan maydonga tushgan yigitlar o'z imkoniyatlari darajasida o'yin namoyish eta olishmagan bo'lsada, raqib tomonidan urilgan gollarda ularning ayblari yo'q. O'z jarima maydonchamiz ichida ikkita qo'pol xatoga yo'l qo'yib, o'zimizga o'zimiz gollar olib keldik. Sizning mantig'ingizga ko'ra, xatoga yo'l qo'ygan barcha futbolchilar, eng avvalo darvozabonni almashtirish lozim edi. Shundaymi? Biz maydondagi vaziyatdan kelib chiqib, o'yinda o'zgartirishlar qilishga harakat qilamiz. Bu esa ayrim paytlarda samara keltirsa, bazi vaqtlarda o'zini oqlamaydi. “Navbahor”da ikkinchi mavsum faoliyat yuritayotgan bo'lsam, ko'pchilik o'zicha mutaxassis sifatida maslahatlar beradi. Lekin hech kim qo'liga sekundomer va hushtakni olgan holda, mashg'ulotlar o'tkazmaydi. Shuning uchun bunday fikrlarga xotirjam holda yondoshaman.



- Jizzaxda “So'g'diyona”ga qarshi kechgan uchrashuvning birinchi bo'limida “Navbahor” xotirjam holda o'ynagan bo'lsa, ikkinchi bo'limda tezkor o'yin namoyish etdi. Shuningdek, zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o'sha bellashuvda o'zlarini ko'rsatib, g'alabaga munosib hissalarini qo'shishdi. Bugungi uchrashuvning birinchi bo'limida shogirdlaringiz tezkor o'yin namoyish etishgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda, ayniqsa, 60-daqiqadan keyin “Navbahor”ning o'yinida biroz pasayish sezildi. Bu futbolchilarning jismoniy holatlariga bog'liq holatmi yoki o'ziga xos taktikamidi?

- Qanaqa taktika? Biz himoyaviy o'yin namoyish etishga harakat qildik. Buning yaxshi va salbiy tomonlari bor. Ko'plab xatolarga yo'l qo'ygan holda, raqiblarga gollar urish uchun imkoniyat beryapmiz hamda gollarni o'zimizga o'zimiz olib kelyapmiz. Bu jamoamiz o'yini endi shakllanayotganligi bilan bog'liq. Tarkibimizdagi futbolchilar turli jamoalardan kelishgan va ularning o'yinlarini o'zaro uyg'unlashtirish lozim. Biz jamoaviy o'yinni shakllantirish hamda tarkibni o'zgartirishga intilyapmiz. Mazkur bahsdan oldin ham ikki nafar futbolchimiz maydonga tusha olmaydigan bo'lishdi va ularning o'rinlarini to'ldirishimizga to'g'ri keldi. Bu endi bizning muammomiz. Menimcha, jamoa o'yinida pasayish bo'lmadi. Aksincha, yana bir marta takrorlayman, gollar yo'l qo'yilgan xatolar evaziga uriladi. Biz bugungi bellashuvda raqibdan ko'ra, ko'proq xatoga yo'l qo'ydik. Bizda ikkita vaziyat yuzaga keldi, lekin bundan foydalana olmadik. Mezbonlar esa foydalanishdi. Ushbu vaziyatlar darvozabonimizga o'z tasirini o'tkazadimi? Menimcha, u yaxshi saviyali kiper. Xatoni esa barcha qilishi mumkin. Shunday bo'lsada, jamoaning potenciali katta deb o'ylayman. Chunki tarkibning shakllanayotganiga endigina 2,5 oy bo'ldi. Shu bois, xotirjam holda ishlashda davom etamiz, agar bunga imkoniyat berishsa (kuladi).

- O'tgan turda “Andijon”ga qarshi kechgan uchrashuvda boshlang'ich tarkibdan joy olgan futbolchilardan ayrimlari bugun zaxirada qoldirildi. Rotaciyani amalga oshirishdan maqsad nima edi?

- O'rinboevning jarohat olganligi ikki kun oldin malum bo'ldi. Darvozabonlarni almashtirishdan maqsad esa ularning o'ziga xos kuchli va zaif tomonlari bor. “Neftchi”ning pressing qilishini kutgandik. Umidjon Ergashevga qaraganda, Shukron Yo'ldoshev oyog'ida yaxshi o'ynaydi. Yo'ldoshevning ham o'ziga xos yaxshi va zaif tomonlari bor hamda ayni paytda shu borasida ish olib boryapmiz.

- Mirzohid G'ofurovning jarohati jiddiy emasmi?

-  Uning oyog'ida og'riq yuz berdi. Barchasi tibbiy ko'rikdan so'ng, malum bo'ladi.

- O'zbekiston Futbol hakamlari markazining sobiq rahbari Laziz Qo'chqorovning “Navbahor” klubida ish boshlagani borasidagi xabarlar qanchalik haqiqatga yaqin?

- Men klubning ishiga aralashmayman. Faoliyatim jamoaning maydondagi harakatlari bilan bog'liq. Shuning uchun bu borada hech narsa deya olmayman. Bunday masalalarni klub rahbariyati hal qiladi. 


- “Navbahor” Superliga doirasidagi o'yinlarda qatorasiga ikkita “vodiy derbisi”da ishtirok etdi. Endi O'zbekiston kubogi guruh bosqichidan o'rin olgan bahsda yana “Neftchi”ga qarshi maydonga tushadi. Bu boradagi fikringiz...

- Muxlislar uchun bu yoqimli holat. Bundan tashqari, endi “Neftchi”ni o'z maydonimizda qabul qilamiz. Ko'ramiz. Bu futbol.

- O'sha uchrashuvda boshlang'ich tarkibda qaysi futbolchilar joy olishadi?

- Kim o'yinga tayyor bo'lsa, o'sha o'yinchilar maydonga tushishadi.


Reyting: -5   

Fikrlar

+2   
06 apr 14:40:08
Odilbèk0177
Рахматилло Исманов foydalanuvchining fikriga javob berish
Шуям тренерми...? Бабаяндан фарки йук. На тактика бор.... Навбахор бу кетишда 14-15 уринлар учун курашади!
Рахматилло уялиб колманг биз хам водийдан Навбахорни уйини илгари ёмон курганларга хам ёкябди утган йиллари команда хакида ижобий фикр ёзардингиз бу йил кимдир асабингизга тегибди шекилли хар жойда галамис фитначи булади уларга ухшаманг илтимос командангизга бугун омад
+2   
06 apr 13:32:53
Navbakhor_Nam
Manga otgan yillardagi Babayanni yulduz jamoasidan kora Lushanni yulduzsiz tarkibini oyini koproq yoqyapti. Togri hatola top uzatishdagi brakla bor bu tabiiy holat shunaqa ishtiyoq bilan oynab tursa Navbahor bu yil ozini kuchsizlangan tarkibi bilan ham kop jamoalarga bosh ogriq boladi
+2   
06 apr 11:49:19
Uzbekistan Paxtakor
Салбий фикрларга тушунмадим. Кеча зур уйин булди. Икки жамоа хам шундай уйнаб нафакат Узбекистандаги, балки осиёдаги топ 15 (Саудия,, БАА, Япония ва Корея) клубларидан ташкари хохлаган клубларни юта олади. Балки Лушчан ёки Левченко энг зурлари эмасдир. Лекин футболчилар борини бериб уйнадику!? Футболчиларга хеч кандай эътироз булмаса керак. Хужум килди, хато килди, югурди. Мухлисликка умуман гап йук, икки тарафлан хам. Шу уйинни куриб мазза килдим.
+2   
06 apr 09:45:34
Azizbek Rustamovich
Navbaxor safarda o‘ynadi. Safarda Neftchi bilan bir to‘p farqiga yutqazish fojea emas.
+2   
06 apr 09:14:55
Vatandoshingiz
Навбахор яхши уйнади танкид килманг утган йилги Навбахордан бу йилгиси жуда кучли,бу жамоа иккинчи даврада яна кучаяди,ассосийси захира кувватлар анчагина,Лушан тугри хато килаябди аммо у таваккалга кул уришдан куркмаябди бу яхши
+2   
06 apr 08:39:30
NavBars
MURABBIYNING ASL KUCHI MARKAZIY O'YINLARDA BILINADI. SHUNI YODDA TUTING, O'RTOQ TRENER!!!
+1   
06 apr 15:53:32
Zoxidjon
Навбахорга бита яхши дарвозабон керак колган уйинчилар яхши
+1   
06 apr 15:24:34
safo78
Хеч бизни тренерлар ютқазганини очиқчасига тан олишмайдида.
Кечаги ўйинда Нефтчи бир бош устунликда ўйнади.
Кимдир хато қилса кейин гол бўладида,ўшани хато қилишга ким туширади???
+1   
06 apr 13:28:42
Ўзбек футболининг муҳлиси
Варатарни йўқотиш керак, мандраж бола экан
+1   
06 apr 12:02:33
BarsAndijon
Дарвозабонни хатоси кимматга тушди
   
06 apr 19:57:48
Shovruq88
Лушан кучли тренер !Навбахор зур уйнади!Нефтчи мухлиси
   
06 apr 19:16:25
Umarov Abdullo
Бу Навбахор уйинчилари аввалги йилги футболчилардан ишончлирок булар турли жамоалардан якинда йигилган бир бирини тушуниб олишга озгина вакт керак. Худо хохласа хали Навбахор барча уйинларни ёндиради.Утган йили хам,аввалги йили хам бахиллар
роса саситишди ушанда хам Навбахор призер булди кумуш ва бронза.Узи бошка жамоа мухлиси булиб бук чуп ушлаганлар учун яна жужани кузда санаймиз.
   
06 apr 16:18:25
Рахматилло Исманов
Odilbèk0177 foydalanuvchining fikriga javob berish
Рахматилло уялиб колманг биз хам водийдан Навбахорни уйини илгари ёмон курганларга хам ёкябди утган йиллари команда хакида ижобий фикр ёзардингиз бу йил кимдир асабингизга тегибди шекилли хар жойда галамис фитначи булади уларга ухшаманг илтимос командангизга бугун омад
Яхши биларкансиз. Мен Навбахорни дойим хурмат килиб келганман. Фан клубилар билан куп уйинларда бирга Навбахорга ишкибозлик килиб утирганман. Бу мавсум Музаффар деган мухлисилар туфайли Андижон ва Навбахор уртасига совукчилик тушди!
   
06 apr 16:10:33
MuhlisUz
Uzbekistan Paxtakor foydalanuvchining fikriga javob berish
Салбий фикрларга тушунмадим. Кеча зур уйин булди. Икки жамоа хам шундай уйнаб нафакат Узбекистандаги, балки осиёдаги топ 15 (Саудия,, БАА, Япония ва Корея) клубларидан ташкари хохлаган клубларни юта олади. Балки Лушчан ёки Левченко энг зурлари эмасдир. Лекин футболчилар борини бериб уйнадику!? Футболчиларга хеч кандай эътироз булмаса керак. Хужум килди, хато килди, югурди. Мухлисликка умуман гап йук, икки тарафлан хам. Шу уйинни куриб мазза килдим.
Xa, kecha yulduzli tarkib bilan Real yutqazdi, Barsa durang... Xato xammadayam bo'ladi.
   
06 apr 08:45:16
Uz_chemp
Adabiyotdan besh ikkita derbyga ekding dabba
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика