So’nggi yangiliklar

18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  0 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  0 18:46U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 (матнли трансляция)  6 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  1 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   17 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  12

Lushan Mochinovni mag'lub etdi: "Bunyodkor" - "Buxoro" 2:0 Yangiliklar

Lushan Mochinovni mag'lub etdi: "Bunyodkor" - "Buxoro" 2:0

Oliy liganing 1-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Buxoro" o'rtasidagi o'yinning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.


BUNYODKOR – BUXORO 2:0
12 mart 2015. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 18:30
Hakamlar
: R.Ermatov, A.Rasulov, J.Saidov, J.Jalimov
Nazoratchi: A.Popov.

Gol: SH. Zuagi 6, Mirzohid G'ofurov 45+1.

“Bunyodkor”: 45.Akbar To'raev, 2.Akmal SHorahmedov (S), 7.SHaker Zuagi, 9.Minori Sato, 11.Mirzoxid G'ofurov, 13.Ivan Miloshevich, 14.Vohid SHodiev, 16.Artyom Filiposyan, 20.Samir Bekrich, 21.Sardor Rashidov, 48.Akramjon Komilov
Zaxira: 1.Pavel Bugalo, 6.Anvar G'ofurov, 10.Anvar Berdiev, 15.Obid Jo'raboev, 17.Dostonbek Hamdamov, 19.Zabixillo O'rinboev, 39.Eldor SHomurodov.

"Buxoro": 12.Aleksandr Korneychuk, 2.Azamat SHaripov, 3.Saidkamol Akbarov, 6.Evgeniy Kochnev, 7.Suhrob Nematov (S), 

8.Vitaliy Plamadela, 11.Otabek Isroilov, 17.Otabek Narzullaev, 18.Dilyaver Abibullaev, 44.Temur Turdiev, 77.Alibobo Rahmatullaev

Zaxira: 21.Farruh Turdaliev, 9.Nozim Umurov, 10.Zayniddin Tojiev, 14.Vyacheslav Ponomaryov, 16.Jamshid Hasanov, 19.Jamoliddin Ubaydullaev, 20.Islom Xoliqov




                           MATNLI TRANSLYACIYA
                                       
YANGILASH

O'yin tugadi.

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
88. O'yin tempi juda sust.

86. O'zgarish. Alibobo o'rniga Jamshid Hasanov.

83. O'zgarish. Sardor Rashidov o'rniga Eldor SHomurodov.

81. Jamoalar bir biriga to'pni oldirib qo'yishdan charchashmayapti.

79. Zuagining 5 metrdan bergan zarbasi yo'liga himoyachi to'siq bo'ldi.

73. Nematovning jarima zarbasidan bergan zarbasi noaniq.

72.O'zgarish. Dilyaver Abibullaev o'rniga Islom Holiqov.

67. Zabixilloning uzoq masofadan bergan zarbasi noaniq.

O'zgarish. Mirzohid G'ofurov o'rniga Dostonbek Hamdamov.

66. Bugungi uchrashuvga 1594 nafar tashrif buyurgan ekan.

62. Mirzohid G'ofurov ham o'ng oyoq bilan uzoq burchakka zarba berdi. Noaniq.

60.Artyom Filiposyan raqib qarshi hujumini to'xtatdi va sariq kartochkali bo'lib oldi.

59. Zabixillo burchakdan etkazib berilgan to'pni darvozaga burdi, ammo darvozabon to'pni qaytarib qoldi.

58. Bekrich o'ng oyog'i bilan darvozaning uzoq burchagiga zarba berdi. Burchak to'pi.

56. O'zgarish. Vohid SHodiev o'rniga Zabixillo O'rinboev.


55. Dilyaver Abibullaev sariq kartochka oldi. Qo'l bilan futbol o'ynalmaydi.

55. Zabixillo O'rinboev maydonga tushishga tayyorgarlik ko'ryapti.

52. Sardor Rashidov darvozabonni aldab o'tdi, ammo o'tkir burchakdan o'ng oyog'i bilan darvozaga to'g'ri zarba bera olmadi.

49. Turdievning sog'ligi joyida va u maydonga qaytdi.

48. Vohid SHodiev bilan ikkinchi qavatdagi  kurashda Temur Turdiev jarohat oldi.

46. Otabek Isroilovning xavfli zarbasini Akbar To'raev bartaraf etdi.

45. Ikkinchi bo'lim boshlandi.








Tanaffus.


G'ofurov goli assistenti Samir Bekrich.
45.GOOOOOOLLLL!!!! Bekrich jarima maydonchasi ichida zarba berishga urinib ko'rdi, ammo bu zarba noaniq yo'nalish olib Mirzohid G'ofurovning oyog'iga tushdi. Futbolchining bo'm bo'sh darvozaga gol urmasdan boshqa iloji yo'q edi.

42. "Bunyodkor" hujumlari soni ortib boryapti. Burchak zarbalari to'xtamayapti. 

41. Rashidovning zarbasini darvozabon qaytarib qoldi. Burchak to'pi.

41. Standart. Sardor Rashidov raqib darvozasidan 25 metr uzoqlikda jarima zarbasi tepish imkoniyatiga ega bo'ldi.

39. Minori raqib qarshi hujumini to'xtatgani uchun sariq kartochka oldi.

38. Bekrich raqib darvozasiga chap oyog'i bilan zarba berdi. Burchak to'pi.

37. Jamoa sardorining zarbasi noaniq.

36. "Bunyodkor" darvozasidan 20 metr uzoqlikda xavfli jarima zarba. To'p qarshisida Nematov.

35. Mehmonlarning standarti befoyda yakunlandi.

32. Zuagining uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Korneychuk qaytardi.

31. Vitaliy Plamadela uzoq masofadan Akbar To'raev darvozasiga zarba berdi. Juda noaniq.

28. Sardor Rashidov raqibga butsasining tag qismi bilan chiqqani uchun sariq kartochka oldi.

26. "Buxoro"ning ajoyib qarshi hujumidan Suxrob Nematov unumli foydalana olmadi.

25. Burchakdan etkazib berilgan oshirmani Zuagi boshi bilan raqib darvozasiga to'g'irlab qo'ya olmadi.

24. Bekrichning zarbasidan faqat burchak to'pi ishlab olindi.

20. Voxid SHodievning boshi bilan zarbasi noaniq.

18. "Buxoro" bugun qarshi hujumga tayanib harakat qilyapti.

17. Burchak zarbasidan uzatib berilgan to'pni Filiposyan boshi bilan darvozaga to'g'irlashda biroz adashdi.

16. Sardor Rashidovning chiroyli zarbasini Korneychuk qaytarib qoldi.

11. SHodiev raqib standartiga halaqit bergani sabab sariq kartochka oldi.

10. Mirzohid G'ofurov raqib qarshi hujumini to'xtatib qolgani uchun sariq kartochka oldi.

9. Mezbonlar burchak to'pi ishlab oldi.

Akmal SHorahmedvoning o'ng qanotdan etkazib bergan to'pini Zuagi darvozaga aniq yo'lladi.
6. GOOOOOOOLLL!!!!! ZUAGIIII!!

5. Dilyaver jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berib Akbar To'raevni sinab ko'rdi. 

4. "Buxoro" o'zining ilk burchak to'pini amalga oshiryapti.

3. Keyingi vaziyatda Mirzohid G'ofurov ham offsaydga tushib qoldi.

2. "Bunyodkor"ning ikki futbolchisi o'yindan tashqari holatda.

1. Mezbonlar asta sekinlik bilan to'pga egalik qilish bo'yicha statistik malumotlarni o'z tomoniga og'dira boshladi.

-Uchrashuvni "Bunyodkor" boshlab berdi.
- Bugun "qaldirg'ochlar" safida sardorlik vazifasini Akmal SHorahmedov bajarib beradi.

- Mamlakatimiz madhiyasini barcha jo'r bo'lib kuylamoqda.
- Jamoalar PFL madhiyasi ostida maydonga chiqib kelishdi.
- Futbolchilar maydonga chiqishga tayyor. Oliy Liganing ikki etakchi klubi "Paxtakor" va "Lokomotiv" o'zlarining birinchi o'yinida raqib bilan murosa ko'chasini tanlashdi.

- Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Bugun mamlakatimiz birinchiligi 1-turining navbatdagi uchrashuvi, "Bunyodkor" - "Buxoro" uchrashuvini kuzatib boramiz.

- O'yin soat 18:30da boshlanadi. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика