So’nggi yangiliklar

20:18Алексис Санчес собиқ клубига қайтди  0 20:05Суперлига. "Нефтчи" - "Динамо" 1:1 (матнли трансляция)  19 20:00Суперлига. "Насаф" — "Пахтакор" 0:0 (матнли трансляция)  15 19:21"Насаф" - "Пахтакор". Асосий таркиблар билан танишинг  7 19:00Англия Суперкубоги. "Манчестер Сити" - "Манчестер Юнайтед"  1 18:28МЮ "Бавария"нинг икки футболчисини сотиб оляпти  5 17:31"Барселона" Олимпиаданинг энг яхши футболчиси нархини 1 млрд. еврога ошириб қўймоқчи  4 16:30Гвардиол Манчестер об-ҳавоси ва "Сити"да унга отасидек бўлиб қолган инсон ҳақида гапирди  1 16:25"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 10 ёшли Сайдуллаев Лазизбек  0 16:20Максим Шацких ва ниҳоят "Насаф"ни мағлуб эта оладими? "Насаф" - "Пахтакор" тўқнашувига превью  13 16:06Дуранг қайд этилган Тошкент дербисидан ГАЛЕРЕЯ  1 15:51Хейлунд юзидаги хуснбузарлардан қутилиш учун лазер терапия курсидан ўтди  3 15:29Нико трансфери қачон ҳал бўлади?  4 14:10Тен Хаг: "Мавсум стартида МЮ очколар йўқотиши мумкин"  6 13:44Тен Хаг Рэшфорд ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  2

Lushan kelgach, jamoadagi muhit o'zgardimi? (Mulohaza) Yangiliklar

Lushan kelgach, jamoadagi muhit o'zgardimi? (Mulohaza)

Oxirgi paytlarda “Bunyodkor” atrofida turli gap-so'zlar ko'paydi.
Emishki, Sergey Lushan bosh murabbiy bo'lganidan keyin jamoadagi muhit salbiy tarafga o'zgaribdi. To'g'ri, Lushan qo'l ostida o'ynagan futbolchilardan hali hech kim bunday gapni aytgani yo'q. Faqat uning davrida o'ynay olmaganlar jamoadagi muhitdan nolishmoqda, xolos. Xususan “Futbol sharhi”da mehmon bo'lgan Alibobo Rahmatullaev samolyotning qanotlari singani haqida gapirdi. Ukraina OAVga intervyu bergan Aleksandr Pishur ham hozirgi murabbiyni yomonladi. Bugun esa Sergey Simonenkoning tanqidiy fikrlari internetda paydo bo'ldi.

Klub, umuman muhit borasidagi tanqidiy gaplar asosan jamoadan ketgan o'yinchilar tomonidan yangrayotganini tushunsa bo'ladi. Ular maydonga o'zlari istaganchalik tushmagani bois alam ustida shunday gaplarni aytgan bo'lishlari mumkin. Bunday hodisalar jahon futbolida ham ro'y berib turadi. Lekin ikkinchi tomondan futbolda har bir insonning fikrini hurmat qilish kerak. Sergey Simonenko o'z intervyusida klubdan besh oylik maoshini ololmayotganini aytibdi. Bu endi klub bilan futbolchi o'rtasidagi masala.

Bizni qiziqtirayotgan jihat esa Lushan bosh murabbiy etib tayinlanganidan beri chindan ham jamoadagi muhit salbiy tomonga o'zgardimi? Agar natija borasida olib qaraydigan bo'lsak, “Bunyodkor” bu yil to'rtinchi o'rinni egalladi, Kubok finalida mag'lub bo'ldi. Jamoa o'tgan yil chempion bo'lish bilan birga Kubokni ham qo'lga kiritgandi. Bir yildan keyingi natija esa umuman teskarisi: “Bunyodkor” o'z tarixida birinchi marta oliy ligani to'rtinchi pog'onada tugatdi.

Odatda chempion bo'lgan va keyingi mavsumni to'rtinchi o'rinda tugatgan jamoa tanqid ostiga olinadi. “Nega o'tgan yilgi natija ko'rsatilmadi?” kabi savollar yangraydi. Lekin shu o'rinda bir narsani tushunib etaylik, hozirgi “Bunyodkor” - bu kechagi katta moliyaviy imkoniyatlarga ega “Bunyodkor” emas. Hozirgi “Bunyodkor” o'z imkoniyatlaridan kelib chiqib etti o'lchab bir kesadigan klub bo'lishga harakat qilayotgan “Bunyodkor”dir.

Sergey Simonenko aytgan bazi gaplarga shaxsan men unchalik qo'shilmayman. Muhit yomonlashdi deyish uchun shunga yarasha asos bo'lishi kerak. Avvalo uning o'zi qoyillatib o'ynab qo'ydimi? Masalan, nechta o'yini ko'rgan bo'lsam, birortasida u menda iliq taassurot qoldirgani yo'q. Xususan uning birinchi davrada “Navbahor”ga ijaraga berilgan SHukur Po'latovdan bir kalla ustun emasligi ko'rinib turdi. SHu o'rinda barcha oliy liganing barcha klublari murabbiylariga bir gapni aytmoqchimiz: ukrainalik legionerlar doim nimadandir noliyveradigan futbolchi bo'lishadi. Buni “Mashal”da ishlaganimda ham ko'rganman. SHunday ekan, iloji boricha o'sha yoqdan futbolchi olib kelmaslik kerak.

“Bunyodkor” ushbu mavsumni uch nafar murabbiy boshchiligida o'tkazdi. Oliy liganing dastlabki uch turida Mirjalol Qosimov, 4-10 turlarda Aleksandr Volkov, 11-turdan boshlab chempionat oxirigacha jamoani Sergey Lushan boshqardi. Qosimov paytida “Bunyodkor” uchta o'yindan ikkitasida g'alaba qozondi va bir marta durang o'ynadi. Volkov boshqargan o'yinlarda esa jamoa to'rtta yutdi, ikki marta durang o'ynab, bir bor mag'lub bo'ldi.

Endi Sergey Lushan davridagi 16ta o'yinga etibor qaratamiz: 9ta g'alaba, 4 mag'lubiyat va uch durang. Jamoa ikki bor “Paxtakor”ga yutqazdi, shuningdek “Nasaf” bilan “Dinamo”ga ham imkoniyatni boy berdi. Qizig'i shundaki, “Bunyodkor” mana shu to'rtta mag'lubiyatdan uchtasini o'z maydonida qabul qilib oldi. Tan olish kerak, “Paxtakor”, “Nasaf”ga qarshi bahslarda jamoa oxirigacha xarakter ko'rsata olmadi, “Bunyodkor” haqli mag'lubiyatga uchradi. “Dinamo” bilan kechgan o'yinda esa shunchaki omadsizlik ro'y berdi. Bundan tashqari, Lushan jamoasi ikki o'yinda “Neftchi”ni mag'lub eta olmadi, shuningdek safarda “Navbahor” bilan ham durang qayd etildi.

Davralar oralig'ida “Bunyodkor”ni Sergey Simonenko, Sahob Jo'raev, Bahodir Pardaev, Bobir Akbarov kabi futbolchilar tark etishdi. Birgina “Paxtakor” safiga qo'shilgan Pardaevning yarq etib porlaganini hisobga olmaganda, boshqa futbolchilar hech narsani qoyillata olishmadi. Xo'sh, “Bunyodkor” safiga qo'shilganlar o'zlarini ko'rsata olishdimi? SHukurali Po'latov chempionatning oltita uchrashuvida maydonga tushdi. 12ta o'yinda harakat qilgan Ivan Miloshevich hartugul yomon ko'rinmadi. Xuddi shuncha o'yinda to'p tepgan Samir Bekrich esa o'zining  alohida bir jihatlari bilan ajralib turmadi. Lekin yaponiyalik Sato Minorining yaxshi o'ynab ketganini aytsak bo'ladi.

O'ylashimizcha, klubga Samir Bekrichning olib kelinishi Lushanning xatosi bo'ldi. CHunki legioner bo'lgani bilan uning kuchli tomonlarini ko'rmadik. Ammo 41 yoshli murabbiyning amalga oshirgan eng yaxshi ishi Akrom Komilov, Zabixillo O'rinboev, Doston Hamdamov kabi klub tarbiyalanuvchilariga oliy ligada o'ynash imkonini bergani bo'ldi. Qolaversa, Temur Ayupov ham Lushan qo'l ostida o'zini ko'rsata oldi. Endilikda Xurshid G'iyosov, Hasan Asqarov, Sardor Azimov kabi futbolchilarga ham oliy liga eshiklari ochilsa ajab emas.

Bizni xursand qilgan yana bir muhim tomoni Sergey Lushan turli oldi-sotdilarga aralashmasdan, faqat mashg'ulot o'tkazish va jamoani o'yinga tayyorlash bilan mashg'ul bo'ldi. Ehtimol, “Bunyodkor”  kuchli uchlikka kira olmagani va Kubokni boy bergani uchun uni tanqid qiluvchilar ko'pdir, biroq futbolda hamma narsani natija belgilab bermaydi. Futbolda natijadan ham muhim narsalar bor, bu sof va halol ishlashdir. Mana shu tomondan olib qaraganda Lushan kelganidan so'ng “Bunyodkor”da muhit o'zgardi, vaziyat yomonlashdi degan gaplarga etibor berish kerak emas. Lushan yangi jamoani shakllantirishga harakat qilmoqda va bu borada unga omad tilaymiz. Faqat pul va natija bilan bog'liq ayrim ishlarga o'ralashib qolmasa bo'lgani.

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика