Lunin: "Ronaldu darvozabon emas, ammo undan namuna olaman"
10 sen 2018 14:35
Yangiliklar
Lunin: "Ronaldu darvozabon emas, ammo undan namuna olaman"
"Leganes" darvozaboni Andrey Lunin "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada o'ynashni orzu qilishi haqida aytdi.
"Ronaldu bilan bir jamoada o'ynamoqchiman. O'zimni uning darajasida sinab ko'rish niyatim bor. U dunyoning eng kuchli futbolchisi. Krishtianu darvozabon emas, ammo undan namuna olaman. Unda iqtidor bor, biroq Ronaldu hozirgi muvaffaqiyatlariga mehnat tufayli erishgan.
"Real"ga o'tganimda ko'pchilik u Madriddan qanday yashagani haqida gapirib bergan. U quyidagicha hayot kechirgan: Uy-baza-uy-baza. Hamma kelganda u mashg'ulot qilardi, futbolchilar ketayotganida ham Ronalduni maydonda ko'rish mumkin edi. Krishtianu ko'p vaqtini tiklanishga ajratadi. U professional. U MYU bilan CHempionlar ligasida g'alaba qozonganidan so'ng, uyiga uchib kelishi bilan mashg'ulotlarga yo'l olganini eshitdim" - deydi Lunin.
Fikrlar