Lunin: "Ronaldu darvozabon emas, ammo undan namuna olaman"

Aslanov Jasurbek
10 sen 2018, 14:35
"Leganes" darvozaboni Andrey Lunin "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada o'ynashni orzu qilishi haqida aytdi.

"Ronaldu bilan bir jamoada o'ynamoqchiman. O'zimni uning darajasida sinab ko'rish niyatim bor. U dunyoning eng kuchli futbolchisi. Krishtianu darvozabon emas, ammo undan namuna olaman. Unda iqtidor bor, biroq Ronaldu hozirgi muvaffaqiyatlariga mehnat tufayli erishgan.

"Real"ga o'tganimda ko'pchilik u Madriddan qanday yashagani haqida gapirib bergan. U quyidagicha hayot kechirgan: Uy-baza-uy-baza. Hamma kelganda u mashg'ulot qilardi, futbolchilar ketayotganida ham Ronalduni maydonda ko'rish mumkin edi. Krishtianu ko'p vaqtini tiklanishga ajratadi. U professional. U MYU bilan Chempionlar ligasida g'alaba qozonganidan so'ng, uyiga uchib kelishi bilan mashg'ulotlarga yo'l olganini eshitdim" - deydi Lunin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Footballhub