Lukas Torreyra jarohat oldi
03 mar 2020 07:57
Yangiliklar
Lukas Torreyra jarohat oldi
“Arsenal” yarim himoyachisi “Portsmut”ga qarshi bahsda jarohatga yo'liqdi.
Lukas Torreyra uchrashuvning 13-daqiqasida “Portsmut” futbolchisidan to'pni olib qo'yish uchun uning oyoqlariga tashlangan vaziyatdan so'ng jarohat oldi va o'yinni davom ettira olmadi. Uning o'rniga esa Dani Sebalos o'yinni davom ettirdi.
Torreyra joriy mavsum APL doirasida 24 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar