Lukas Suares: "Pley-off bosqichida har bir o'yin finalga teng"
26 sen 18:02
Yangiliklar
Lukas Suares: "Pley-off bosqichida har bir o'yin finalga teng"
Futzal bo'yicha jahon chempionati 1/8 finali doirasida Afg'onistonga qarshi o'yindan so'ng (3:1) Paragvay azosi Lukas Suares saytimizga intervyu berdi.
"Bugun juda qiyin o'yin o'tkazdik, shunday bo'lishini oldindan bilardik. Bundan buyog'iga har bir o'yin finalga teng va juda murakkab o'tadi. Biz Afg'onistonga qarshi har qanday holatga tayyorgarlik ko'rgan holda maydonga chiqdik. O'yin ekstra-taymlarga qadar davom etdi, biroq biz 40 daqiqa ichida g'alabani o'z tomonimizga og'dirishga harakat qildik. CHorak finalda qaysi raqib tushishi ahamiyatsiz. Muhimi, har o'yinda finalda o'ynayotgandek bor kuchimizni ishga solamiz", dedi Suares.
Eslatib o'tamiz, Paragvay terma jamoasi chorak finalda Tailand — Franciya juftligi g'olibi bilan bellashadi.
Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.
Fikrlar