Lukas Moura PSJdan ketmoqchi emas
03 iyu 2014 17:36
Yangiliklar
Lukas Moura PSJdan ketmoqchi emas
PSJ yarim himoyachisi yozgi mavsum oralig'ida klubni tark etmoqchi emas.
Bu bayonotni Eden Azarga joy bo'shatish uchun jamoadan ketishi kerak degan mish-mishlarga javob tarzida qildi.
21 yoshli futbolchi 2013 yil San-Pauludan Franciyaga ko'chib o'tdi. Moura parijliklar safida 45 o'yinda maydonga tushdi va to'rt bora gol urdi. Tugallangan mavsumda esa PSJga ketma-ket ikkinchi bor chempion bo'lishga yordam berdi.
Meni har doim ham maydonga chiqarishmaydi, lekin men jamoa safida etarli o'yin o'tkazdim va muhim gollarni urdim deb o'ylayman. Biz uchta yutuqqa ega bo'ldik va men o'zimni jamoaning to'laqonli azosi deb hisoblayman. Bu o'z oldiga katta niyatlar qo'ygan fantastik klub va men bu erdaligimdan baxtliman, - deya Lukasning so'zlaridan iqtibos keltiradi Goal.com.

Fikrlar