Lukaku terma jamoadagi faoliyatini qachon yakunlashini aytdi

Aslanov Jasurbek
16 avg 2018, 20:44
"Manchester Yunayted" hujumchisi Romelu Lukakuning takidlashicha, u 2020 yildagi Yevropa chempionatidan so'ng Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashni rejalashtirmoqda.

"Yevropa chempionatidan so'ng milliy jamoadagi faoliyatimni yakunlasam kerak. Belgiyaning har bir turnirdagi minimum vazifasi - yarim final. Musobaqada g'olib chiqmoqchimiz, ammo yarim finalgacha borishimiz shart.

Bor-yo'g'i 25 yoshdaman, hali o'zimning eng yaxshi o'yinimni ko'rsatganim yo'q. Hozircha o'rnimni yoshlarga bermoqchi emasman. Bir ikki yildan so'ng ular joyimni egallashi mumkin" - deydi Lukaku.

Lukaku Belgiya terma jamoasida 75ta uchrashuv o'tkazib, 40ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Business Insider