Lukaku Pogbadan xafa bo'ldi
05 mar 2019 12:55
Yangiliklar
Lukaku Pogbadan xafa bo'ldi
Bahsga qo'shib berilgan vaqtda "qizil iblislar" penalti tepish imkoniyatini qo'lga kiritishdi. Lukaku bahs davomida 2ta gol urishga muvaffaq bo'lgandi va xet-trik qayd etishi mumkin edi, ammo jamoaning asosiy penaltichisi Pogba to'pni jamoadoshiga bermadi va uni o'zi ijro etdi. Pol darvozani ishg'ol qila olmadi va bahs 3:2 hisobida yakunlandi.
Malumotlarga ko'ra, Lukaku bu voqea tufayli Pogbadan xafa bo'ldi. Belgiyalik o'yindan so'ng jamoadoshi bilan baland ovozda gaplashib olgan va bu suhbatga bosh murabbiy Ule-Gunnar Sulsher aralashishiga to'g'ri keldi. Forvard suhbat davomida Pogbani doimo qo'llab-quvvatlaganini aytdi va "Liverpul" futbolchisi Muhammad Salohni misol keltirib, u "Arsenal"ga qarshi uchrashuvda Firmino xet-trik qayd etishi uchun penalti tepish imkoniyatini braziliyalikka berganini gapirib berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar