Lukaku MYUdan uni boshqa klubga qo'yib yuborishlarini talab qildi
06 avg 2019 21:45
Yangiliklar


Lukaku MYUdan uni boshqa klubga qo'yib yuborishlarini talab qildi
"Manchester Yunayted"ning belgiyalik hujumchisi Romelu Lukaku jamoadan ketishni qattiq istamoqda.
Bu haqda France Football nashri malum qildi. Manbaga ko'ra, futbolchi boshqa klubga qo'yib yuborishini "qizil iblislar" rahbariyatidan talab qilgan. Ayni paytda u "Anderlext" klubida mashg'ulot o'tkazmoqda. Etiborlisi, MYU ushbu mashg'ulot uchun Romeluga ruxsat bermagandi.
26 yoshli forvard o'tgan mavsum MYUning barcha musobaqalarda 45 ta o'yinida qatnashdi va 15 ta gol, 4 ta assist qayd etdi. Uning mankunianliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil 30 iyun kuni tugaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar