Lukaku "Manchester Siti"ni rad etdi
13 mar 2021 18:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/625133_original.jpg)
![](/upload/storage/625133_220.jpg)
Lukaku "Manchester Siti"ni rad etdi
Milanning "Inter" klubi hujumchisi Romelu Lukaku hozirgi klubidan ketmoqchi emas.
Belgiyalik futbolchining xizmatlariga Serxio Agueroga o'rinbosar izlayotgan "Manchester Siti" qiziqish bildirgan edi.
"SHaharliklar" ustozi Xosep Gvardiolaning shaxsan o'zi Romeluning transfer qiziqqan edi, ammo futbolchi APL klubi variantini rad etdi. Lukaku faoliyatini "neradzurrilar"da davom ettirmoqchi.
27 yoshli futbolchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 25ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol va 8ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar