Lukaku "CHelsi"ning mavsumdagi to'purari bo'lib oldi
19 mar 2022 23:13
Yangiliklar


Lukaku "CHelsi"ning mavsumdagi to'purari bo'lib oldi
Hujumchi Romelu Lukaku "CHelsi" tarkibida ushbu mavsumdagi 12-golini urdi.
Belgiyalik forvard Angliya Kubogi doirasida "Midlsbro"ga qarshi o'yinda raqib postiga yo'l topdi. SHu orqali u jamoa futbolchilari o'rtasidagi to'purarlik poygasida Kay Xavertcdan o'tib ketdi. Germaniyalik xavbek hisobida 11 gol bor.
Romelu ushbu mavsum APLda 19 o'yinda qatnashib, 5 gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar