So’nggi yangiliklar

07:44ПСЖ фуболчиси АПЛ ва Бундеслига клублари қизиқишлари доирасида  0 07:15Мудрик порламоқда!  1 03:30Конференциялар лигаси. "Челси" 8та гол урди, "Фиорентина" ютқазди ва бошқа натижалар  1 03:15Европа лигаси. МЮдан илк ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:18Родри. Футбол мавжудлиги учун шукрона айтаман (мутолаа учун)  1 00:40Европа Лигаси. Жарима майдончасида ёлғиз қолган Кевин Маккалистер "Рома"ни ранжитди  10 23:59Дешам нима сабабдан Килиан Мбаппени термага чақирмаганини айтди   4 23:55Ибрагимович Флорентино Пересга: "Респект"   1 23:42Алаба тўп билан машғулотларга киришди  0 23:30Эрнан Креспо "Ал Айн"дан кетди!  0 23:22"Милан" Рейндерс билан шартномани узайтириш бўйича ишларни олиб бормоқда  0 23:15Мусаев — Россия Премьер-Лигасининг октябрь ойидаги "Энг яхши мураббийи"!  3 23:04"Интер" ва "Ювентус" бир ҳимоячига қизиқиб қолди  0 22:53Григорий Колосовский: "Самвел Бабаян клуб бошқарувида борлигини айта олишим мумкин"  10 22:37Вадим Абрамов: "Футбол бизни жазолади"  5

"Lujniki" stadionidagi sensaciya! Yangiliklar

"Lujniki" stadionidagi sensaciya!

Zamonamiz futbolchilari Jahon chempioni bo'lganlaridan so'ng, keyingi turnirlarda sezilarli darajada muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.

Balki o'zlariga ortiqcha ishonib yuborganliklari bunga sabab bo'lar?! Masalan, Germaniyaning kechagi  o'yini bunga yaqqol misol bo'la oladi.

O'yindan avval

Jahon chempionati borgan sari qizg'in tus olmoqda. Natijalar esa hammani hayratga solmoqda. Rossiya terma jamoasi Saudiya Arabistonini 5:0 hisobi bilan mag'lub etgandi. Lekin, kecha Meksika termasining Germaniya bilan o'yini, agar bu mo'jiza bo'lmasa, u holda bu qandaydir aqlbovar qilmaydigan holatdagi uchrashuv bo'la oldi. Yoaxim Lyov va Xuan Karlos Osorio bir-birini o'yin taktikasi bilan hayron qoldirolgani yo'q. Har ikkisi ham 4-2-3-1 sxemasidan foydalandi. SHunday bo'lsa-da, bir narsa bizni o'ylantirib qo'ydi: O'yin boshlanishiga bir necha soat qolganida, chap qanot himoyachisi Yonas Xektor maydonga tusholmasligi va Lyov uning o'rniga Marvin Plattenxardtni tushurishini malum qildi. Qaysidir manoda, Yoaximning bu qarori o'yin muvaffaqiyatsiz yakun topishiga sabab bo'ldi, deyishimiz mumkin.


Meksika: zichlik, pressing, hujumkor o'yin

Meksika termasi favorit jamoa bilan bir vaqtning o'zida ham jasorat, ham masuliyat bilan qanday o'ynash mumkinligini kecha namoyon qildi. Har ikki jamoaning strategik yondashuvi o'xshash edi: hujumkor o'yinchilarning maqsadi raqib darvozasi yonida bo'sh joyni topish edi. Ammo boshlang'ich tarkibda yirik hujumchilar yo'q edi. Meksika termasining Xedir, Kroos va Ozilga nisbatan tutgan pressingi natijasida Germaniya faqat o'ng qanotdan harakatlandi. «L» uchligi nemislarni har tarafdan siquvga oldi va ular asosan hujumda o'ynadi. Tan olish kerakki, ular buni oson va samarali bajarishdi. Ayniqsa, Xaver yo himoyachilar ortidan quvdi, yoki qanot bo'ylab sheriklariga to'p uzatdi. SHunday holatlardan biri Losano gol urishiga sabab bo'ldi.

Germaniya: ishonch, individual omadsizliklar, "B" rejasining yo'qligi

Germaniya jamoasi Meksika termasiga biroz past baho bergani uning asosiy muammosi hisoblanadi. Nemislar katta kuch bilan maydonga tushdilar. Biroq, raqib jamoa maydonini sifatli darajada egallay olmadilar.  SHuning uchun, meksikaliklarning qarshi hujumlari xavfli darajada tus oldi. Xuan Karlos Osorioning jamoasi raqiblaridan farqli o'laroq, balansni saqlay oldi. Errera va Guardado maydon markazida ajoyib o'ynagan bo'lsa, Xedira, Kroos va Ozil buning aksini bajardi. Draksler va Verner esa oldindagi bo'sh zonalarni topishga harakat qildi. Lekin, maydonning har tomonini egallab olgan meksikaliklar tufayli, ular buning uddasidan chiqolmadilar. Plattenxardtning chap qanotdagi noaniqligi ham o'yinga mag'lubiyat bilan nuqta qo'yilishiga sabab bo'ldi, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Murabbiylar dueli

Agar tablodagi hisob Meksika foydasiga (1:0) hal bo'lgan bo'lsa, raqib jamoadagi murabbiyga nisbatan noroziliklar kelib chiqayotgani aniq. Germaniya terma jamoasi kechagi uchrashuvni bemalol yirik natijadagi hisob bilan yakunlashi mumkin edi. Afsuski… Nemislar 35-daqiqada CHicharitoning uzatmasi bilan yo'llangan Losanoning golini o'tkazib yubordi. Bu birinchi taymning o'zida Meksikaning oltinchi yoki ettinchi xavfli hujumlaridan biri edi. Lyov tinimsiz ravishda Noyer tomon kelayotgan hujumlarga nisbatan hech qanday chora ko'rmadi. Ikkinchi taymda nemislar bor tashabbusni o'z qo'llariga olgan bo'lsalar-da, meksikaliklar himoyani kuchaytirib, to'pni o'tkazib yuborganlari yo'q.

Biroq, Germaniya terma jamoasi maydon markazida yaxshi harakatlanishni boshlagan zahoti, Osorio maydondagi Ektor Errerani "yuqoriroqqa surib", o'yinga Edson Alvaresni tushirdi. Birozdan keyin kolumbiyalik murabbiy "tajribali" o'yinchilari orasiga Rafael Markesni yubordi. Lyov esa foydasi tegmayotgan Xedira va Plattenxardtni o'yindan oldi. Yoaxim jamoasini ko'proq hujum qilishga majburladi. Ammo u meksikaliklar jumbog'ini tushunolmadi, chog'i. Ikkinchi taymda Germaniya termasi gol urishi mumkin edi. Lekin, jarima maydonchasidagi uzatmalar va Kroosning juda qattiq zarbasi sababli nemislar hisobni tenglashtirolmadi.


Germaniya bilan hammasi tamom deyishga shoshilmang!


Kechagi mag'lubiyat tufayli nemislar chempion bo'lolmaydi, deyishga shoshmang. Bir eslang, 2010 yilgi chempionatda ispanlar SHveycariya termasi bilan bo'lgan o'yinni mag'lkbiyat bilan boshlashgandi. Ammo, turnir so'ngida aynan ular g'olib bo'lgandi. SHunday ekan, "Lujniki" stadionidagi muvaffaqiyatsizlik sabab, Germaniya turnirni omadsiz tarzda tamomlaydi, deyish qiyin. Etakchi terma jamoalar futbolchilarning bor imkoniyatini pley-offda ishga soladi. Bu tavakkalchilik asosiga qurilsa-da, shu ishni qilaveradilar. Balki nemislarning niyati ham shunday bo'lgandir. CHunki ular Meksika termasiga faqat noaniq harakatlari sabab g'alabani boy berdi. Ammo oldinda guruh bosqichidagi 2ta o'yin turibdi: SHveciya va Janubiy Koreya termalariga qarshi bahslar. Demak, birinchi turdagi xatolarni to'g'rilab, g'alaba qozonishga hali vaqt ham, imkon ham etarli.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика