Luisma Ernandes: "Metallurg" yana shiddatkor jamoaga aylanib bormoqda"
21 apr 2022 21:34
Yangiliklar
Luisma Ernandes: "Metallurg" yana shiddatkor jamoaga aylanib bormoqda"
- O'yin haqida
- Qiyin o'yin bo'ldi, chunki har bir jamoa g'alaba uchun borini berdi. Birinchi taymda ko'p vaziyatlar yaratdik va chiroyli gol urdik. "Metallurg" yana shiddatkor jamoaga aylanib bormoqda.
O'yin oldidan raqibni o'rganib chiqqandik. Ular uzun paslar orqali o'ynashini inobatga olib qo'ygandik. O'ylaymanki, haqli ravishda g'alaba qozondik. Bundan keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz va ijobiy natija ko'rsatishga harakat qilamiz.
- Jamoada jarohatlanganlar ko'p. Biroq shunga qaramasdan, "Metallurg" kuchli raqibni mag'lub eta oldi. Yutuq nimaning evaziga qo'lga kiritildi?
- To'g'ri, jarohat olgan o'yinchilarimiz ko'p. Bu o'tgan o'yinlarda ham o'z tasirini o'tkazgandi. Lekin biz qattiq mehnat qildik va o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgan futbolchilarga imkoniyat taqdim qildik.
Fikrlar