So’nggi yangiliklar

22:04АПЛ. "Арсенал" кутилмаганда ўз майдонида мағлуб бўлди, "Тоттенхэм" эса меҳмонда 4та гол урди  17 21:37"Валенсия" — "Атлетико". Альварес ва Гризманн асосий таркибда  6 21:34"Астон Вилла" — "Челси". Асенсио ва Палмер асосий таркибда, Рэшфорд захирада  5 21:14"Торино" — "Милан". Таркиблар маълум  1 20:58Назорат ўйини. "Сўғдиёна" Россия жамоасига мағлуб бўлди  2 20:30Назорат ўйини. "Шўртан" Тожикистон жамоасига мағлуб бўлди  2 20:08"Самсунспор" — "Ризеспор". Алиқулов асосий таркибда  2 19:52Анчелотти ЧЛ қуръасидан сўнг "Атлетико"нинг твити ҳақида: "Твит нима ўзи? Вақтимиз кўпроқ бўлганида тушинтириб берарсиз"  13 19:45АПЛ. "Манчестер Юнайтед" 0:2ни 2:2га айлантирди  48 19:15Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 18:37U20 Осиё Кубоги. Австралия иродали ғалаба билан ЖЧ йўлланмасини қўлга киритди  8 17:54Анри Беллингемнинг сўкиниши ҳақида: "Ким бўлишингдан қатъий назар, бундай дейишга ҳаққинг йўқ"  16 17:23U20 Осиё Кубоги. Сўнгги дақиқалардаги гол Саудия Арабистонини ЖЧга олиб чиқди  10 17:10Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси Кореяга қарши оқ либосда ўйнайди  9 15:23Мессидан автограф олган ҳакам жазоланди  12

Luisma Ernandes: "Dinamo" doimo Superligada o'ynashga loyiq jamoa" Yangiliklar

Luisma Ernandes: "Dinamo" doimo Superligada o'ynashga loyiq jamoa"

Coca Cola Superligasinng 22-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Metallurg" uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Luisma Ernandes fikr bildirdi.

O'yin haqida

O'yin juda qiyin bo'ldi. "Dinamo"ni ham tabriklayman, chunki ular o'z muxlislari qarshisida g'alaba qozonishga intilishdi. Bazi qulay vaziyatlarda to'p yo'qotdik, lekin to'psiz vaziyatlarda ham yaxshi xarakat qilib, nihoyat, g'alabaga erishdik. Bugungi o'yin uchun raqib jamoani tabriklayman. Samarqand — o'zgacha shahar. Men xorijlik bo'lishimga qaramay, bu shaharni yoqtiraman. Qolaversa, muxlislarni ham g'alaba bilan tabriklayman. Fikrimcha, "Dinamo" har doim Superligada o'ynashga loyiq jamoa sanaladi.

– Abdumannonov uchrashuvdagi yagona golni urganiga qaramay, uni maydondan erta olib tashlaganingizni sababi nimada?

– Bektemirni almashtirganimga sabab, o'yin shiddatli ketayotgandi, men uni kelgusi bahslarga asrashga qaror qildim. Zaxirada ham yaxshi o'yinchilar bor edi, ularga imkoniyat berdik.

– Superligada qolish masalasi deyarli hal qilindi. Keyingi o'yinlarda zaxira o'yinchilariga imkon berilib, yangi taktik sxemalar sinovdan o'tkaziladimi yoki hozirgi kuch bilan oxirigacha ishtirok etasizlarmi?

– Bugungi g'alaba bizga biroz xotirjamlik berdi. Kelgusi o'yinlarda rotaciya qilishga harakat qilamiz. Bugungi g'alabamizni muxlislarimizga va yana bir nafar maxsus insonga bag'ishlayman.

– "Dinamo"ning birinchi va ikkinchi davradagi o'yinlarini taqqoslay olasizmi?

– "Dinamo" maksimal mehnat qiladigan jamoalardan biri. Oxirgi vaqtlarda o'yinlarining o'xshamasligi, jamoa mag'lubiyatlariga sabab bo'lmoqda. Jamoaning kelgusi o'yinlarida omad tilayman.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика