Luish Figu samolyot bortida futbol o'ynadi. Bu o'yin Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi
30 sen 2022 00:02
Yangiliklar
Luish Figu samolyot bortida futbol o'ynadi. Bu o'yin Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi
"Barselona", "Real Madrid" va Portugaliya terma jamoasi sobiq o'yinchisi Luish Figu tarixdagi eng yuqori balandlikda o'tkazilgan futbol uchrashuvida ishtirok etdi. Bu o'yin maxsus jihozlangan samolyot bortida o'tkazildi. Figu va yana ettita o'yinchi havoga ko'tirilishdi va to'rtga to'rt futbol o'ynashdi.
Uchrashuv davomida samolet vaznsizlik holati effektini beruvchi traektoriyada uchdi. Yakunda Figuning jamoasi 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Luish bitta gol urishga ham erishdi.
Ushbu antiqa futbol uchrashuvida qatnashgan har bir o'yinchi Ginnesning rekordlar kitobi vakillaridan maxsus mukofotlar qabul qilib olishdi. O'yin esa tarixdagi eng yuqorida o'tkazilgan (6166 metr balandlik) o'yin sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.
Fikrlar