Luis Suarez La Liga to'purari
14 may 2016 23:30
Yangiliklar
Luis Suarez La Liga to'purari
Ispaniya chempionatining 2015/2016 yilgi mavsumi to'purari sovrini amaldagi chempion "Barselona" jamoasi hujumchisi Luis Suarezga nasib etdi.
Urugvaylik "snayper" mavsum davomida La Ligada jami 40 marotaba raqiblari darvozasini aniq "o'qqa" tutdi va to'purarlar poygasida birinchi bo'ldi.
Luis Suarezga bu borada "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu raqobatchi bo'lgandi. Portugaliyalik yulduz La Ligada ushbu mavsumda 35 ta gol kiritib, goleadorlar orasida ikkinchi pog'onani egalladi.
Fikrlar