Luis Suares: "Messi faoliyatini yakunlaganidan keyin qiyin bo'ladi"
26 apr 2019 21:55
Yangiliklar
Luis Suares: "Messi faoliyatini yakunlaganidan keyin qiyin bo'ladi"
"Barselona" forvardi Luis Suares jamoajoshi Lionel Messi futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng futbolga qanday tasir o'tkazishi haqida aytib o'tdi.
"Messi faoliyatini yakunlasa, qiyin bo'ladi. Lekin, hozir biz futbol dunyosida birgamiz va tajriba orttirib, rohatlanayotganimiz ajoyib", - deya urugvaylik straykerning so'zlarini keltiradi Daily Mail nashri.
Messi "Barselona"ning asosiy jamoasida 2004 yildan beri o'ynab kelmoqda. Ushbu vaqt oralig'ida argentinalik 9 karra Ispaniya chempioni, 6 marta Ispaniya kubogi sohibi va 4 marotaba ECHL g'olibi bo'lishga erishdi.
Hozirda Ernesto Valverde jamoasi 80 ochko bilan LaLiga musobqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ertaga katta ehtimol bilan Ispaniya chempionati 35-turida "Levante"ga qarshi bahsdan so'ng kataloniyaliklar navbatdagi chempionlikni nishonlashadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar