Luis Suares: "Liverpul"dan "Barselona"ga o'tish to'g'ri qaror"
14 avg 2015 15:49
Yangiliklar


Luis Suares: "Liverpul"dan "Barselona"ga o'tish to'g'ri qaror"
"Barselona" hujumchisi Luis Suaresning takidlashicha, u 2014 yilda "Liverpul"ni tark etganidan afsusda emas.
"Bu to'g'ri qaror bo'lgan. Men sovrinlar yutish uchun "Barselona"ga o'tdim. Klub bilan birinchi sovrinni qo'lga kiritgunimizga qadar oilamiz bilan bu qaror to'g'ri ekanligiga ishonar edik. Men jahonning eng yaxshi klubi "Barselona"da baxtliman.
Birinchi mavsumda bundan ortig'ini orzu qilib bo'lmas edi. Xuddi ertakka tushib qolgandekman. CHempionlar ligasida g'alaba qozonish haqida o'ylar edim va birinchi mavsumdayoq bunga erishdim. Berlin finalidagi golim men uchun o'zgacha ahamiyatga ega. Bu golni bir umr eslab qolaman" - deydi Suares.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar