Luis Suares 4 yildan beri mehmonda gol ura olmayapti
18 sen 2019 17:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/518887_original.jpg)
![](/upload/storage/518887_220.jpg)
Luis Suares 4 yildan beri mehmonda gol ura olmayapti
"Barselona" CHempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turida Dortmundning "Borussiya" klubi mehmoni bo'ldi.
O'yinda gollar kiritilmadi va jamoalar bir ochkodan bo'lishib olishdi.
Bu Luis Suares uchun Kataloniya klubi safidagi 250-uchrashuv bo'ldi. Urugvaylik kataloniyaliklar safida 179ta gol urib, 86ta golli pas berishga muvaffaq bo'ldi.
SHunga qaramay 32 yoshli forvard 4 yildan beri "Barselona"ning CHempionlar ligasi doirasidagi mehmondagi bahslarda gol ura olmayapti. Golsiz seriya 2015 yilning sentyabr oyidan beri davom etmoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar