Luis Suares 2020/21 yilgi mavsum "Atletiko"da qaysi raqamda o'ynaydi?
26 sen 2020 11:52
Yangiliklar


Luis Suares 2020/21 yilgi mavsum "Atletiko"da qaysi raqamda o'ynaydi?
"Atletiko" hujumchisi Luis Suares ushbu mavsum uchun o'ziga raqam tanladi.
33 yoshli forvard "Barselona" va Urugvay terma jamoasidagi raqami, "9"ni tanladi. Bu haqda Madrid klubi rasmiy matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suaresga qadar ushbu raqam "Yuventus"ga o'tgan Alvaro Morataga tegishli edi. 9-raqamda bunga qadar Radamel Falkao, David Vilya, Fernando Torres va Mario Manjukich singari mashhur futbolchilar ham o'ynagan.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko" Suaresning transferi 25 sentyabr kuni elon qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar