Luis Enrike yana terma jamoa ruliga qaytishi mumkin
19 noy 2019 01:21
Yangiliklar


Luis Enrike yana terma jamoa ruliga qaytishi mumkin
Ispaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiy Luis Enrike yana o'z joyiga qaytarilishi mumkin, deya xabar bermoqda Mundo Deportivo.
Nashr xabariga ko'ra, Enrike 2020 yilgi Evropa chempionati oldidan Robert Morenoning o'rnini egallashi kutilmoqda. Ispaniya qirolligi futbol federaciyasi yaqin vaqt ichida ushbu yangilikni elon qilishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Luis Enrike qizining sog'lig'i bilan bog'liq muammolar tufayli terma jamoa bosh murabbiyligini tark etgan, murabbiyning farzandi esa 2019 yilning sentyabrida yorug' dunyoni tark etandi.
Ispaniya terma jamoasi oktyabr oyining o'rtalarida muddatidan ilgari qita birinchiligiga yo'llanmani naqd qilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar