Luis Enrike: Vaziyatlar yaratdik va gollar urdik
02 fev 2017 10:01
Yangiliklar
Luis Enrike: Vaziyatlar yaratdik va gollar urdik
Barselona ustozi Luis Enrike Atletikoga qarshi o'yindan so'ng (2:1) o'z fikrlarini bildirdi.
Ikki o'yinlik qarama qarshilikni yaxshi boshladik. Visente Kalderoneda og'ir o'yin kutayotganini bilardik.
Vaziyatlar yaratdik va ulardan foydalandik. Atletiko ikkinchi bo'limda ko'proq hujum qildi.
Raqib hisob tufayli tavakkal qilishga majbur bo'ldi. Gol urgach ular yana o'yinga qaytishdi, hali hech nima aniq emas. Biz barchasini shu erda hal qilishimiz mumkin edi, shu bilan birga Atletiko hisobni tenglashtirishi mumkin edi.
Atletiko Kamp Nouda eng yaxshi o'yininini ko'rsatadi. Biz esa to'pni o'zimizda ushlab turib g'alaba qozonishga urinamiz, – deydi Luis Enrike.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar