Luis Enrike: "Suares "Real" bilan o'yinda ishtirok etadi"
25 okt 2014 12:08
Yangiliklar


Luis Enrike: "Suares "Real" bilan o'yinda ishtirok etadi"
"Barselona" bosh murabbiyi Duis Enrike "Real"ga qarshi nimalarni rejalashtirganini so'zlab berdi.
"Biz "Real"ga qarshi o'yinga boshqa uchrashuvlarda ishlatgan rejamizni amalda qo'llamoqchimiz. "Barselona" ilk daqiqalardan to'pni raqib maydonida boshqarishga kirishadi. Bu qo'limizdan keladimi yo'qmi, ko'ramiz.
Suares maydonda bir qancha vaqt harakat qiladi. Aniq qanchaligini bilmayman. Hozir uning uchun jamoaga qo'shilib ketish va o'yin amaliyotiga ega bo'lishi juda muhim" - deydi murabbiy.

Fikrlar