Luis Enrike "Real"ga qarshi bahsda Buskets maydonga tushishi haqida savolga javob bermadi
18 mar 2015 12:43
Yangiliklar
Luis Enrike "Real"ga qarshi bahsda Buskets maydonga tushishi haqida savolga javob bermadi
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike "Manchester Siti"ga qarshi UEFA CHempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvi oldidan uyushtirilgan matbuot-anjumanida jurnalistlarning "Real"ga qarshi uchrashuvda Buskets maydonga tushishi borasidagi savolga javob berishni istamadi.
Ikki grand o'rtasidagi bahs 22 mart kuni Kataloniya klubi maydonida bo'lib o'tadi.
"Buskets "Manchester Siti"ga qarshi o'ynamasligi aniq. "Klassiko"ga keladigan bo'lsak, ayni damda meni faqat "Manchester Siti"ga qarshi bahs qiziqtiryapti" - deydi murabbiy.
Ushbu uchrashuvni hamkorimiz "ALEZIYA.COM" orqali to'g'ridan-to'g'ri tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar