Luis Enrike: "Real" haqli tarzda g'alaba qozondi"
26 okt 2014 00:58
Yangiliklar


Luis Enrike: "Real" haqli tarzda g'alaba qozondi"
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike "Real"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
O'yin davomida hisobni yana oshirish uchun imkoniyatga ega bo'lgandik. Ammo bu vaziyatdan unumli foydalana olmadik. Jamoalar o'rtasidagi tafovut u qadar katta emasligi ko'rinib turdi. "Real" bugun haqli tarzda g'alaba qozondi. Mag'lubiyatlar ham uchrab turadi. Bu narsa bizdek va bazan bizdanda zo'r jamoalar borligini bildiradi. Bugun bu narsa o'z isbotini topdi. Men Suarezni maydonga tushirganimdan afsusda emasman. Luis Suarez bugun men kutgandan ham yaxshiroq o'ynadi. Himoyada jiddiy xatolarga yo'l qo'ydik. Bu muammolarni bartaraf etishimiz zarur. Bo'lmasa keyingi o'yinarda bu narsa pand berib qoladi.
Penalti? Bu borada bahslashish kerak emas. Hakam to'g'ri qaror qabul qildi.
Penalti? Bu borada bahslashish kerak emas. Hakam to'g'ri qaror qabul qildi.

Fikrlar