Luis Enrike PSJdan yangi darvozabon topishni talab qildi
13 iyu 2023 10:48
Yangiliklar
Luis Enrike PSJdan yangi darvozabon topishni talab qildi
Donnarummaning poziciyasi raqobatga muhtoj.
PSJ yangi bosh murabbiyi Luis Enrike o'z ixtiyorida yangi darvozabon bo'lishini istaydi, deb xabar berdi "L'Equipe".
Ispaniyalik mutaxassis to'p nazoratiga asoslangan futbol o'ynamoqchi. Buning uchun unga oyoqlari bilan yaxshi o'ynaydigan darvozabon kerak. Bu fazilat esa parijliklarning hozirgi asosiy darvozaboni Janluiji Donnarummaning ustunligi emas.
Parijliklar darvozabon izlashiga to'g'ri keladi, chunki komadan omon chiqqan Serxio Riko faoliyatini yakunlash ehtimoli bor. Luis Enrike boshqa ispaniyalik darvozabonlarga ustunlik beradi. PSJ uchun ayniqsa David de Xea varianti ustuvordir, chunki u allaqachon "Manchester Yunayted"ni erkin agent sifatida tark etdi.
O’xshash yangiliklar
19:18
"Yigitlarga motivaciya berish shart emasdi, chunki titul o'rtaga tikilgandi" - Nodir Eliboev 0
Fikrlar