Luis Enrike: "Ispaniya termasi Millatlar ligasini yutishni istaydi"
05 okt 2021 13:33
Yangiliklar
Luis Enrike: "Ispaniya termasi Millatlar ligasini yutishni istaydi"
Ispaniya termasi bosh murabbiyi Luis Enrike Millatlar ligasida Italiyaga qarshi yarim final oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.
"Ushbu turnirni yutishni istaymiz. Evropa chempionlarining maydonida o'ynashimizni yaxshi bilamiz. Ushbu raqibga qarshi o'yin bizning darajamizni ham aniqlab beradi. Bundan ortiq ishtiyoqning o'zi bo'lmaydi. O'yinni intiqlik bilan kutyapman", - dedi Enrike.
Italiya va Ispaniya termalarining o'yini chorshanba tunida bo'lib o'tadi. Ikkinchi yarim finalda Franciya va Belgiya termalari to'qnash keladi.
Fikrlar